Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Saudiya Arabistoni Podshohligi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xalqaro hamkorligi doirasida joriy yilning 21 mart kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayevning Saudiya Arabiston Podshohligi Milliy gvardiyasi Harbiy tashkiloti rahbari general-mayor Muxammad bin Zayid al-Qahtani janobi oliylari bilan onlayn videomuloqoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyeyovning 2022 yilning avgust oyida Saudiya Arabistoni Podshohligiga amalga oshirilgan Davlat tashrifi davomida davlatlarimiz o‘rtasida do‘stona aloqalarni barcha sohalarda kengaytirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar doirasida tashkil etildi.

Videomuloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi do‘stona aloqalar kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilib, ikki davlat Milliy gvardiyalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatilishi mamlakatlarimiz o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi o‘zaro munosabatlarni yana-da kengayishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Do‘stona va konstruktiv muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida ikki davlat Milliy gvardiyalari o‘rtasida jamoat tartibini saqlash, muhim obyektlarni qo‘riqlash hamda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida o‘zaro tajriba almashish tashriflari, amaliy treninglar va seminarlar tashkil etish, taʼlim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.

 

Milliy gvardiya

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech