Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar va Elchixona huzuridagi ichki va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchilar polkovnik Mustafa Avji va 1 darajali xavfsizlik mudiri Murat Karaustalar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti va Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv Markaziga tashrif buyurib, taʼlim jarayoni va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlar taʼlim muassasalarda yaratilgan sharoitlar va o‘quv-taʼlim jarayonini yuqori baholab, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida ikkitomonlama aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shuningdek tashrif davomida, Milliy gvardiya Markaziy devonida Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekarning O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda o‘zbek tomonidan Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov va boshqa rahbar xodimlar ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida, Elchi Olgan Bekar ikki qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari har sohada shiddat bilan rivojlanib borayotganligini mamnuniyat bilan qayd etib, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasi o‘rtasida o‘rnatilgan ikkitomonlama do‘stona hamkorlik aloqalarini har tomonlama qo‘llab quvvatlashini maʼlum qildi.

Do‘stona va iliq muhitda bo‘lib o‘tgan suhbat natijasida, tomonlar xavfsizlik va xarbiy taʼlim sohalarida o‘rnatilgan idoralararo muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida Elchi Olgan Bekar Milliy gvardiya Fahriy mehmonlar kitobida samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

 

 

 

Text to speech