“Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

TAʼLIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

Italiya bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida joriy yilning 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Italiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi xavfsizlik bo‘yicha ekspert podpolkovnik Federiko Kuatrini bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat boshida Universitet boshlig‘i polkovnik M. Rustambayev Institutning Universitet etib qayta tashkil etilishi konsepsiyasi, o‘qitishning yangi yo‘nalishlari va mezonlarining joriy etilishi, yangi kafedralarning ochilishi, shuningdek, moddiy-texnik bazani yana-da takomillashtirish to‘g‘risida Italiya tomoniga maʼlumot berib o‘tdi.

Shuningdek, harbiy va huquqni muhofaza qilish sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida Italiya tomoni bilan tajriba almashishga, tegishli Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga va Italiyadagi ixtisoslashgan taʼlim muassasalari bilan o‘zaro anglashuv Memorandumini tuzishga tayyor ekanliklari bildirildi.

O‘z navbatida, F. Kuatrini bugungi kunda nafaqat Milliy gvardiya, balki O‘zbekiston Respublikasining boshqa huquq-tartibot idoralari uchun ham tatbiq etilayotgan kadrlarni tayyorlash tizimi alohida eʼtiborga loyiq ekanini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Italiya tomoni Universitet kursantlariga Italiyaning Karabinerlar korpusi faoliyati haqida batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi.

Karabinerlar ikki yuz yillik tarixga ega bo‘lib, 1814 yilda Italiyani birlashtirish paytida harbiy qismlarning birlashuvidan tashkil topgan. Bugungi kunda mazkur korpus Italiya Qurolli Kuchlari tuzilmalaridan biri bo‘lib, harbiy politsiya hamda aholi orasida huquq-tartibotni muhofaza qilish vazifasini ham bajarib kelmoqda.

Taqdimot doirasida bo‘linmalarning faoliyat yo‘nalishlari va vazifalari, kadrlar tayyorlash tizimi hamda amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik maʼlumotlari batafsil bayon etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini rivojlantirishga va yana-da faollashtirishga kelishib oldilar.

 

Text to speech