Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi delegatsiya birodar Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.
Tashrifning birinchi kuni Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi bosh qo‘mondoni, general-leytenant R.Jaksilikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ikki idora rahbarlari suhbati chog‘ida jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish hamda harbiy kadrlarni tayyorlashda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif dasturi doirasida O‘zbeksiton delegatsiyasi aʼzolari Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyati va tarkibiy tuzilmalari bilan yaqindan tanishdi hamda Qo‘shinlarni boshqarish markazi va Mudofaa milliy universitetida bo‘lishdi.
Tashrifning muhim voqealaridan biri Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant E.Turgumbayev bilan uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi.
Imzolash marosimida tomonlar ushbu Bitimning imzolanishi ikkitomonlama hamkorlikni yana-da yuqori darajaga olib chiqishini taʼkidladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining tashrifi anʼanaviy tarzda iliq va do‘stona muhitda o‘tmoqda.

Text to speech