Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya jandarmeriyasiga tashrifi yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiya davlatiga tashrifi amalga oshirildi.

Delegatsiya Turkiya jandarmeriyasining Bosh qo‘mondoni armiya generali Ali Chardakchi tomonidan kutib olindi.

Tashrif davomida ikkitomonlama o‘zaro muzokaralar o‘tkazilib, unda, Milliy gvardiyaning Turkiya jandarmeriyasi bilan bugungi kundagi hamkorligi muxokama qilinib 2025 yilga mo‘ljallangan istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi.

Shu bilan birgalikda, tashrif davomida Jandarmeriya Bosh qo‘mondonligi, Jandarmeriya va sohil xavfsizligi Akademiyasi,  Tibbiy-simulyatsion taʼlim Markazi,  Maxsus vazifalarni bajaruvchi brigada hamda Istanbul shahar “112” markazi faoliyatlari bilan yaqindan tanishildi.

 

Text to speech