Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Turkiya Jandarmeriyasi oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlik yangi bosqichga koʼtarilmoqda
Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qoʼmondoni, armiya generali А. Chardakchi boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan 25-27 aprel kunlari mamlakatimizda boʼldi va Milliy gvardiya qoʼmondoni general-polkovnik B.Tashmatov tomonidan munosib kutib olindi.
Uchrashuv davomida kelgusidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi va Oʼzbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qoʼmondonligi oʼrtasida oʼzaro hamkorlikka qaratilgan “Yoʼl xaritasi” imzolandi.