Korxona va tashkilotlar rahbarlariga
О’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Moddiy-texnik ta’minot markaziy bazasi ilovada keltirilgan moddiy vositalarni tanlov savdolari asosida sotib olishni e’lon qiladi.
Sizdan so’ralgan moddiy vositalarni yetkazib berish imkoniyati mavjud bo’lsa, narxlarni chegirma qilgan holda to‘lov turi, yetkazib berish muddati, (solishtirma jadvallar bilan) tijorat taklifining amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda bizning manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Zargarlik ko’chasi 5 uy (O’R MG markaziy bazasi Xarid qilish bo’limi) ga yetqazib berish yoki elektron pochta: ng.baza.xarid@mail.ru orqali qabul qilinadi.
Tijorat takliflari har kuni yakshanbadan tashqari soat 9.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.
Tijorat takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati «28» aprel 2021 yil, soat 18.00 gacha.
To’lov shakli: oldindan to’lov 15%.
Tijorat taklifiga qo’shimcha ravishda korxona raxbarining passport nusxasi, korxona guvohnomasi va QQS guvohnomasi taqdim qilishingiz so’raladi.
Bankrotlik, tugatilish yoki qayta tashkil etilayotgan korxonalar shu bilan bir qatorda sudlashuv jarayonida bo’lganlar bilan shartnoma imzolanmaydi.
Buyurtmani bajaruvchi korxonalar yetarli darajada moddiy-texnik ta’minotga ega bo’lishi shart.
Murojaat uchun telefon: (71) 231-72-84.
Pochta manzil: ng.baza. xarid@mail.ru