Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari AQShning Missisipi shtatida har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "ENG ILG'OR JANGCHI - 2025" musobaqasida ilk bor ishtirok etib, eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan holda mamlakatimizga qaytib kelishdi.

Musobaqa joriy yilning 17-21 mart kunlari AQShning Missisipi shtati Kemp Shelbi bazasida bo‘lib o‘tdi va unda qatnashgan 20 ta jamoalar orasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya jamoalari ham munosib ishtirok etishdi.

 Xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va maxsus bo‘linmalarda xizmat qilish nufuzini oshirish kabi maqsadlarda tashkil etilgan mazkur musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari AQSh Milliy gvardiyasining maxsus bo‘linmalaridan ishtirok etgan 20 ta jamoalar bilan kuch sinashishdi.

  Musobaqa davomida harbiy xizmatchilarimiz katta serjant va kichik serjant nominasiyalari bo‘yicha yakka tarkibda jismoniy tayyorgarlik sinovlari xususan, jismoniy va ruhiy zo‘riqish yo‘lagidan o‘tish, tunda 15 kilometr masofaga orientirlash, 15 kilogramm yuk bilan 20 kilometr masofaga marsh yugurish, jangovar va umumiy tayyorgarlik bo‘yicha test sinovlari, insho yozish (harbiy hamkorlik mavzusida 500 tadan kam bo‘lmagan so‘z), artilleriya olovini boshqarish, AQSh namunasidagi o‘qotar qurollarni noto‘liq qismlarga yoyish, yig‘ish va jangovar holatga keltirish, shuningdek, ulardan turli usul va sharoitlarda o‘q otish, tibbiy tayyorgarlik, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish, kutilmagan nostandart vaziyatlardagi mashqlar kabi shartlarni muvaffaqiyatli bajarib ishtirok etgan Milliy gvardiya bo‘linmalari orasida eng yuqori natijalarga erishib, 1-o'rinni qo'lga kiritishdi.

O‘zbekiston jamoalari ishtiroki va erishgan natijalari musobaqa tashkilotchilari tomonidan yuqori baholanib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasi deya e'tirof etildi va yuqori natijalar ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarimiz “NAMUNALI XIZMATLARI UCHUN” medali va “YIL ILG‘OR JANGCHISI” ramzi bilan taqdirlandi.

Joriy yilning 23 mart kuni harbiy xizmatchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindilar.

Text to speech