Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning “mahalla yettiligi” vakillari bilan “ijtimoiy profilaktika” tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan sayyor seminar-trening o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

2025 yil 1-iyul kuni Toshkent viloyatiZangiota tumanida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning “mahalla yettiligi” vakillari bilan “ijtimoiy profilaktika” tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan sayyor seminar-trening o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025 yil 16 maydagi 03-PA 1/1-1593/18-sonli topshirig‘i va Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi Raisining 2025 yil 1 aprelda tasdiqlangan Yo‘l-xaritasi ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025 yil 01-iyul kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumanida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning “mahalla yettiligi” vakillari bilan “ijtimoiy profilaktika” tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan sayyor seminar-trening o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Sayyor semenar treningda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari Z.Sh.Alimardonov,M.I.Maxsadov va D.Irgashevlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 – yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori mazmun-mohiyati, har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar; Respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora - tadbirlar dasturi; Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yish hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish; huqubuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi tizimi samarali amalaga oshirish tartiblari bo‘yicha maʼlumot berildi. 

Tashkil etilgan sayyor seminar-trening mashg‘ulotida ijtimoiy profilaktika tushunchasi, mazmun-mohiyati va huquqiy asoslari, shunindek, “mahalla yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlar, yuritiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida maʼlumot berildi. Seminar-trening mashg‘ulotlari mavzu doirasida amaliy misol (fabula)lar asosida muhokama tarzida o‘tkaziladi.

Ishchi guruhi tomonidan Mahalla yettiligi faollarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan 1-chorak yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar hisoboti, 2-chorakda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli uslubiy taklif va atvsiyalar berildi. 

O‘quv seminarda Toshkent viloyati Zangiotatumanining 73 ta mahallasini 235 nafar yettilik aʼzolari ishtirok etishdi.

Seminar trening ishtirokchilari Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida tarqatma materiallar, taqdimotlar, bukletlar va o‘quv-ulubiy-metodika bilan taʼminlandilar. 

Text to speech