Poytaxtimizdagi "Anhor" kanalida oʻzini suvga tashlagan fuqaro gvardiyachilar tomonidan qutqarildi
Joriy yilning 9 oktyabr kuni soat 15:20 larda Shayxontohur tuman Anhor boʻyi koʻchasida 2 nafar fuqaro 36 yoshli F.N. va 40 yoshli N.U. oʻzaro janjallashib, N.F. oʻzini “Anhor” kanaliga tashlab yuborgan.
Ushbu hududda xizmat vazifasini bajarayotgan gvardiyachilar tomonidan fuqaro N.F. suvdan olib chiqilib, tez tibbiy yordam kelgunga qadar unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Fuqarolar profilaktika inspektoriga topshirilib, Shayxontohur tuman 3-sonli IIO FMBga olib ketilgan.