Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Respublikamiz boʻylab aholi osoyishtaligini taʼminlash maqsadida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo’yishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqdaa)

Joriy yilning 24 dekabr kuni olingan xabarga koʻra, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi hamda Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish” yoʻnalishida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda oldindan kuzatuvga olingan “Fargʻona-Buxoro” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Isuzu” rusumli avtomashina Dangʻara tumani hududida toʻxtatib tekshirilganda, avtomashina yukxonasida bojxona nazoratini chetlab olib kirilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 5 dona karton korobkalarga solingan dastlabki qiymati 40.680.000 (qirq million olti yuzi sakson ming) soʻmlik jami 105 660 dona, shulardan 60 dona “Zimniy les” hamda 105 600 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Surishtiruv davomida avtomashina Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli fuqaro S.I. boshqaruvida boʻlganligi aniqlandi. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 185 prim. 1-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, katta miqdordagi pirotexnika vositalari oʻrnatilgan tartibda daliliy ashyo sifatida olindi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 185 prim. 1-moddasiga asosan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi taqiqlanadi.

Text to speech