Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbarining “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasining mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga tushuntirildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devonida Prezident Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 12 sentyabr kunidagi “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasining mazmun-mohiyati mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar Oliy majlisi Qonunchilik palatasi bo‘lim boshlig‘i, Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, professor G‘.Marhammadjonov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi targ‘ibot jamiyati aʼzosi, dotsent, tarix fanlari nomzodi, soha mutaxassisi S. Abduraximovlar jalb etildi.

Mashg‘ulot davomida soha mutaxassislari tomonidan maqolada Shanhay hamkorlik tashkilotining bosib o‘tgan yo‘li, imkoniyatlari va istiqbollari barcha uchun aniq va batafsil bayon qilinganligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, maqolaning ahamiyatli tomonlaridan biri bugungi kunda dunyodagi vaziyat, global siyosiy jarayonlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning ahamiyati, davlatlarning o‘zaro munosabatlari, xalqaro huquqiy makon keng yoritilganligiga urg‘u berildi.

Tadbir so‘nggida, Qo‘mondonlik tomonidan tizimning barcha hududiy boshqarmalariga ushbu xususda qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi bo‘yicha topshiriq berildi.

Text to speech