Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi matbuot xizmati” tanlovi gʻoliblari aniqlandi

2023 yil 11 iyul kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni joriy yil 13 oktabr kunidan kuchga kirdi va Milliy gvardiya organlariga ushbu Qonun bilan bir qator vakolatlar va vazifalar belgilab berildi. Ushbu Qonunda belgilangan qoidalarni fuqarolarga tushuntirish va mazmun mohiyatini targʻibot qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi matbuot xizmati” tanlovi oʻtkazildi.
Tanlovda Respublika miqyosida Milliy gvardiya tizimidagi Axborot xizmatlari harbiy xizmatchilari va xodimlari ishtirok etishdi. 100 dan ortiq telemateriallar tanlov tashkiliy qoʻmitasiga kelib tushdi.
Tanlov gʻoliblari Milliy gvardiya, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Milliy teleradiokompaniya mutaxassislaridan tashkil topgan Hayʼat aʼzolari tomonidan aniqlandi.
Tanlovning tantanali taqdirlash marosimida Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov ishtirok etib, mazkur tanlovning mavzusi naqadar dolzarb ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng, “Eng yaxshi matbuot xizmati” tanlovining 1-oʻriniga sazovor boʻlgan Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi Matbuot xizmati, 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi Qoʻriqlash boshqarmasi Axborot xizmati va 3-oʻringa loyiq deb topilgan Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi Axborot xizmatlari harbiy xizmatchi va xodimlariga 1,2,3-darajali Diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Shuningdek, “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi koʻrsatuv, video (hujjatli) film”, “Eng yaxshi telelavha, reportaj” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib deb topilgan Andijon, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahri qoʻriqlash boshqarmalari Axborot xizmatlari xodimlari ham munosib ravishda ragʻbatlantirildi.
Tadbir Milliy gvardiya Ashula va raqs ansambli xushovoz xonandalarining bayramona kuy qoʻshiqlari bilan nihoyalandi.

Text to speech