Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Elni – yo polvoni, yo oti tanitadi!”

Surxon vohasida azaldan yilqichilik yaxshi rivojlangan, xonadonlarda Qorabayir zotli otlarni boqishga aholining qiziqishi katta. Yurtimizda keng tadbiq etilayotgan zamonaviy ot sport turlarini aholi o‘rtasida ommalashtirish, yoshlarni tulporlarga bo‘lgan mehrini oshirish uchun esa vohalik chavondozlarning tavsiya va ko‘maklari juda muhim. Ayni shu maqsadda, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan hududlardagi nomdor chobog‘onlarning faoliyati o‘rganilib, yoshlarga namuna qilib ko‘rsatilmoqda. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Bobotog‘” mahallasida yashovchi “Abdu” chobog‘onni yurtdoshlarimiz juda yaxshi taniydi. Asl ismi Abdumurot Shoyimov bo‘lgan chavondoz farzandlari bilan birgalikda, mana bir necha yildan buyon qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish, ularni uloq-ko‘pkari musobaqalariga tayyorlash bilan shug‘ullanib keladi. – Bugun Milliy gvardiya xodimlari bir guruh yoshlar bilan xonadonimizga kelganidan yana-da ruhlandim – deydi, “Abdu” chobog‘onning o‘g‘li Sunnatillo Tog‘aymurodov. – Mahalladagi ushmagan yoshlarning, otni parvarishlash, uni minishga bo‘lgan ishtiyoqi menga katta taassurot qoldirdi. Hozirda xonadonimizda qorabayir zotli 5 bosh katta uloqchi otlar hamda 2 bosh toyimiz mavjud. Oilamiz bilan mana shu otlarga mehr berganmiz. “Ot – er yigitning qanoti” deb bejizga aytishmaydi. Albatta, otning xususiyatlari ko‘p, uni minishda esa kishida mardlik va chapdastlik talab etiladi.

Tadbir davomida xodimlar, Prezidentimizning "Yilqichilik va ot sportini yana-da rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishdi. Chavondozlar bilan hamkorlikda, tumanda ot sportiga ixtisoslashgan seksiyalarni tashkil etish, unda o‘g‘il-qizlarni jalb etish borasidagi ishlar kelishib olindi.

Text to speech