Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiyaga biriktirilgan 6-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchilari bilan "Harbiy qismda-bir kun" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkillashtirildi

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan 6-sonli maktabning "Harbiy Vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan" bitiruvchi 11 sinf o‘quvchilari ishtirokida "Harbiy qismda-bir kun" vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi. Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar bilan boshqarma boshlig‘i polkovnik Sh.Akbarovning uchrashuvi tashkillashtirilib unda “Vatanni sevish va uni himoya qilish”, “Buyuk ajdodlarimizga xos mardlik, sadoqat va jasorat fazilatlari”, shuningdek ularning o‘chmas tarixi to‘g‘risidagi mavzularda ochiq muloqotdagi qizg‘in davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng yosh o‘quvchilarga harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘l jangi, tog‘-balandlik tayyorgarligi, va harbiy qism kinologiya bo‘limi tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, mavjud qurol-aslahalar va ularning tuzilishi yaqindan tanishtirildi.

Tushlik vaqtida o‘quvchi yoshlar harbiy qism oshxonasida harbiy akalari bilan birgalikda ovqatlanib, o‘z baholarini berdilar.

Tadbir so‘ngida, o‘quvchi yoshlarga “Menimcha” teleloyihasining 2024-yil 13 yanvar kunidagi navbatdagi soni namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rsatuv namoyishi o‘quvchilar va harbiy xizmatchilar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi va ushbu loyihadan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Text to speech