Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Fargʻona viloyatida Milliy gvardiya, IIB hamda Bojxona organlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi

Fargʻona viloyati boʻyicha Milliy gvardiya hamda Bojxona boshqarmalari xodimlari, shuningdek, boshqa hamkor tashkilotlar hamkorligida “Pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish” yoʻnalishida tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilning 11 dekabr kuni soat taxminan 03-00 larda oldindan tezkor kuzatuvga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan 24 yoshli Fargʻona tumanida tugʻilgan T.S boshqaruvidagi “KOBALT” rusumli avtomashina Namangan viloyati hududidan Fargʻona viloyati Yozyovon tumani Toshhovuz qishlogʻi hududiga harakatlanib kelib, yoʻl chetiga toʻxtagan vaqtida ushlanib, tekshirilganda avtomashina saloni va yukxonasida bojxona nazoratini chetlab olib kirilgan 3 turdagi 79 200 dona “BRITANIK”, 403 200 dona “TRENIYA” hamda 56 dona “7 SHOTS” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Umumiy qiymati 155 920 000 soʻmlik 3ta turdagi 482 456 dona pirotexnika vositalari boʻyicha birlamchi protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, holat yuzasidan qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlovga olindi.

Text to speech