Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Jazirama kunlarida tibbiy maslahat

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 43-45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Yozning jaziramasida nimalarga amal qilish kerak va nima taqiqlanadi?

Milliy gvardiya tibbiyot bo‘limi mutaxassislarining eslatib o‘tishicha, issiq kunlarda gipertonik inqiroz va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining kuchayish xavfi ortadi. Shuning uchun keksa odamlarga va nafas olish tizimi, yurak va qon bosimi bilan bog‘liq muammosi bor insonlarga  alohida eʼtibor berilishi kerak.

Ko‘chada o‘zini yomon his qilgan odamni ko‘rsangiz, birinchi navbatda tez yordam chaqirish kerak. Shifokorlar kelishidan oldin, uni barcha mumkin bo‘lgan vositalar bilan sovutishga harakat qiling: uni soyaga yoki salqin xonaga olib borib, sovuq suv seping, ho‘l latta bilan o‘rang yoki peshona qismiga nam ro‘molcha qo‘ying. Tanani sovutish issiqlik qurbonlari uchun birinchi yordamdir!

Iloji bo‘lsa, soat 11:00 dan 17:00 gacha quyoshdan uzoqroq turishga harakat qiling. Agar ko‘chaga chiqmaslikning iloji bo‘lmasa, bosh kiyim kiyib, o‘zingiz bilan suv olib yuring.

Ko‘p suv iching ayniqsa mineral suvlar. Chunki ortiqcha terlash natijasida suv-tuz balansi buziladi, bu esa suvsizlanishga olib keladi.

Shifokorlar issiq havoda gazlangan suv shuningdek,  shirin ichimliklar va spirtli ichimliklarni ichishni tavsiya etmaydi.

Muzli suv ichmaslik kerak, ayniqsa quyoshda uzoq vaqt bo‘lgan bo‘lsangiz. Bu oshqozon uchun zararli, bundan tashqari, qon tomirlarining keskin siqilishi paydo bo‘ladi va organlarning qon taʼminoti yomonlashadi.

Yog‘li va achchiq ovqatlarni isteʼmol qilmaslik kerak, sababi issiq kunlarda organizm go‘sht, meva, yogurt va yog‘siz go‘shtsiz sabzavotli sho‘rvalar va salatlarni osonroq qabul qiladi.

Tabiiy materiallardan tayyorlangan ochiq rangdagi yengil kiyim kiying. Sintetik matolar va qorong‘i, yorug‘likni yutuvchi material issiqlik to‘planishi taʼsirini oshiradi.

Hech qachon issiq havoda qariyalarni, bolalarni yoki hayvonlarni mashinada qoldirmang!

Umid qilamizki, bizning maslahatlarimiz yozning jaziramasidan osonroq o‘tishingizga yordam beradi. O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling, salomat  bo‘ling!

Text to speech