Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Jizzax viloyati yoshlari bilan ochiq eshiklar kuni

Joriy yilning 18 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida Jizzax viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda uyushmagan yoshlar, oliy o‘quv yurtlari talabalari, umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari va harbiylashtirilgan sinflar hamda oilaviy bolalar uyi farzandlari ishtirokida ularning qishki taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarni keng qamrovda sportga jalb qilish va shu orqali ularning hayot yo‘lini tanlashga ko‘mak berish, shuningdek, ularning qalbida tinchlikka bo‘lgan shukronalikni va vatanni sevish xissini uyg‘otish, vatanparvarlik ruhini bugungi kun qahramonlari orqali singdirish maqsadida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Tadbirning ochilish qismida so‘z olganlar bugungi kunda mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yoshlar siyosati va uning ijrosi yuzasidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida so‘zlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladilar. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari va yoshlar boshqarma tomonidan tayyorlangan xizmat va targ‘ibot avtotransport vositalari, maxsus vositalar, tibbiyot anjomlari, aloqa vositalari va tezkor harakatlanuvchi guruh vazifalari bilan tanishib ular haqida maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida bolajonlar qaynoq qahva, choy hamda tansiq shirinliklar bilan mehmon qilindi. Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilar xizmat otlarini minib ko‘rdilar. Tog‘ va balandliklarni ishg‘ol qilishda foydalanadigan jihozlar va ularning vazifalari bilan tanishdilar. Kamondan otish, tosh ko‘tarish va arqon tortish sport turlari bo‘yicha musobaqalar tadbir ishtirokchilarining murosasiz bahslari bilan birga olqishiga sabab bo‘ldi. Yuzdan ortiq yigit va qizlarni bir joyga jamlagan mazkur ochiq eshiklar kuni yakunida g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va tashakkurnomalar tantanali topshirildi.

Text to speech