Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Poytaxtimizdagi maktablarda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida ayrim o‘quvchi yoshlardan o‘tkir tig‘li buyumlar olib qo‘yildi

Chilonzor tumanidagi 195-maktabning sakkizinchi sinf va 178-maktabning 11-sinf o‘quvchilari yonida “babochka” nomli yig‘ma pichoqlar olib yurganligi aniqlandi. Sergeli tumanidagi 267-maktabning 9-sinf o‘quvchisidan esa “ruchka” ko‘rinishidagi pichoq olib qo‘yildi.

Mazkur maktablarga yangi tayinlangan Milliy gvardiya inspektor- psixologlari o‘quvchilarning ota-onalari bilan maktab maʼmuriyati ishtirokida profilaktik suhbatlar olib borishdi. Ota-onalarga bolalarning pichoq olib yurishi ularning muammolarga duch kelayotganligidan darak berishini va bu ularga hayoliy himoya berishini eslatdi. Shuning uchun ota-onalar farzandlarining xatti-harakatiga ko‘proq eʼtibor berishi, ular bilan maktab va sinfdagi vaziyat haqida suhbatlashishi, taʼlim muassasasidagi, mahalladagi tengdoshlari bilan munosabatlari to‘g‘risida bilishi kerakligi uqtirib o‘tildi.

Shu o‘rinda “Babochka” nomli yig‘ma pichoqning kelib chiqishining bir necha xil tarixi borligini bilarmidingiz? Birinchisi – mazkur pichoqni arqonlarni, bo‘ronda yelkanlarni bir qo‘l bilan qulay kesish uchun filippinlik dengizchilar o‘ylab topishgan. Ikkinchisi – “babochka” pichog‘ining kriminal o‘tmishi mavjud bo‘lib, uni ko‘cha bezori to‘dalar hamda jinoiy jamiyat aʼzolari o‘ylab topishgan.

Agar farzandingiz dengizchi yoki ko‘cha qaroqchisi bo‘lmasa pichoq unga nima uchun kerak?

“Ruchka” pichog‘i haqida ham o‘smirlar va ota-onalarga huddi shu savolni bermoqchiman: nega xavfli bo‘lgan buyumni o‘quvchi o‘zi bilan olib yurishi kerak? To‘g‘ri, bunday pichoq ish yuritish buyumlariga kiradi va deyarli har qanday savdo nuqtasida, shu jumladan internet saytlarida sotiladi. Lekin nega bu maktab sumkasida? Axir, o‘quvchi sinfda qog‘ozni pichoq bilan kesmaydi-ku.

Aziz ota-onalar, bolalaringizga diqqatli bo‘ling, farzandingiz mashg‘ulotlari bilan qiziqing, u bilan ko‘proq gaplashing, ishonchli munosabatlar o‘rnating. Axir, bu sizning zurriyodingiz, siz u haqida orzu qilgansiz va albatta uni yaxshi inson qilib tarbiyalashni xohlaysiz. Unga baxtli kelajak tilaysiz.

Text to speech