Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Qoʻl jangi boʻyicha Jahon Kubogi” gʻolib va sovrindorlari munosib ragʻbatlantirildi.

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qoʻl jangi federatsiyasi raisi -Milliy gvardiya qoʻmondoni R.Djurayev tomonidan Ostona shahrida boʻlib oʻtgan “Qoʻl jangi boʻyicha Jahon Kubogi” musobaqasida faxrli 1-oʻrinni egallagan sportchilar va ularning murabbiylari munosib ragʻbatlantirildi.

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qoʻl jangi federatsiyasi raisi - Milliy gvardiya qoʻmondoni R.Djurayev tomonidan Ostona shahrida boʻlib oʻtgan “Qoʻl jangi boʻyicha Jahon Kubogi” musobaqasida faxrli 1-oʻrinni egallagan sportchilar va ularning murabbiylari munosib ragʻbatlantirildi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20-23 noyabr kunlari Qozogʻiston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida qoʻl jangi sporti boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtdi.

Erkaklar va ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan mazkur Jahon kubogida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Rossiya, Tojikiston, Moʻgʻuliston, Hindiston, Shveysariya, Marokash, Italiya, Moldova, Ispaniya, Ruminiya, Misr, Tunis, Belarus, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya va Turkmaniston kabi 15 ta davlatdan 200 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.

Sportchilarimiz musobaqada 10 ta oltin, 8 ta kumush, 6 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, murosasiz bellashuvlar yakuniga koʻra umumjamoa hisobida faxrli 1-oʻrinni egallashdi.

Bugun shu munosabat bilan Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qoʻl jangi federatsiyasi binosida terma jamoa murabbiylari va sportchilarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda, Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qoʻl jangi federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev, tegishli boshqarma boshliqlari, Sport vazirligi, Qoʻl jangi federatsiyasi masʼullari hamda terma jamoa aʼzolari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Federatsiya raisi sportchilarni nufuzli xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritganligi bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbarining “Qoʻl jangi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan yoshlarning qoʻl jangi sport turi bilan shugʻullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi natijasida qisqa davr ichida sportchilar faqatgina katta gʻalabalar bilan yurtimizga qaytayotganligi alohida eʼtirof etildi.

Shundan soʻng, Milliy gvardiya qoʻmondoni buyrugʻi oʻqib eshittirilib unga koʻra, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan tajribali sportchilar hamda murabbiylar munosib ragʻbatlantirildi.

Text to speech