Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Eng ulug‘, eng aziz” mavzusida insholar tanlovi hamda harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari o‘rtasida “Ona diyor – ranglar jilosida” mavzusida eng yaxshi tasviriy sanʼat asari tanlovlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Eng ulug‘, eng aziz” mavzusida insholar tanlovi hamda harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari o‘rtasida “Ona diyor – ranglar jilosida” mavzusida eng yaxshi tasviriy sanʼat asari tanlovlari o‘tkazildi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlarning ijodiy, intellektual va sport bo‘yicha salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning iqtidorlarini kashf etish bo‘yicha barcha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishda Millliy gvardiya tizimida ham manzilli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda 3 bosqichda yoshlarning taʼlim olishlari taʼminlanmoqda. Bu tizim Milliy gvardiyaga biriktirilgan maktablar, harbiy akademik litseylar va harbiy oliy taʼlim muassasalari ko‘rinishda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlarini har tomonlama yetuk va barkamol, sog‘lom avlod hamda vatanparlik ruhida tarbiyalashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida o‘tkazilgan ijodiy intelektual tanlovlar ham shular jumlasidandir.

Shuni taʼkidlab o‘tishimiz kerakki, bugungi kunda Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 10 lab to‘graklar faoliyat yuritmoqda. Aynan tasviriy sanʼat to‘garagida yosh iqtidorli o‘quvchilar o‘z kasbining ustalaridan tasviriy sanʼat sirlarini o‘rganishmoqda. Aynan o‘tkazilgan tanlovda ham ular ishtirok etishib, o‘z qobiliyatlarini namoyish etishdi.

Albatta yosh avlodning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish yaxshi natajalarni qo‘lga kiritishning asosi hisoblanadi. Tanlov yakunida ham bir qator iqtidor sohiblari tashkilotchilar tomonidan munosib tag‘dirlandi.

Text to speech