Strandja turnirida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Navbahor Hamidova oltin medalni qoʻlga kiritdi. // Iroda Ismoilova «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi. // O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishlari rivojlantiriladi // Andijon viloyatida Respublika ishchi guruhining yoshlar bilan uchrashuvi tadbirlari doirasida muddatdi harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirildi. // Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov poytaxtimizdagi manzilli ishlari davomida yoshlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. // Farg‘ona viloyatida jinoyat sodir etishga moyil shaxslar yashash manzillarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. // “8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida faoliyat yuritib kyelayotgan ayollar uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi // Moliyaviy shaffoflik va korrupsiyadan xoli muhitni ta’minlash bo‘yicha o‘quv yig‘ini o‘tkazildi // Ajdodlar merosi – milliy gʻurur va vatanparvarlik manbai // General-polkovnik B.Tashmatov Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. //Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov Sirdaryo va Jizzax viloyatida o'rganish ishlarini olib bordi // “Harbiy taʼlim tizimida ilm-fan va pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika harbiy ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. //Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov ilk manzilli ishlarini Yunusobod tumanida amalga oshirdi. // Samarqand va Buxoro viloyatalarida xavfsiz muhitni yaratish va jamoat xavfsizligini ishonchli taʼminlash boʻyicha manzilli ishlar amalga oshirildi. // Yoshlar siyosatiga oid ustuvor vazifalar doimiy e’tiborda. // Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi raisi etib saylandi. // Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining jangovar salohiyati, jismoniy va ma'naviy tayyorgarligini mustahkamlash hamda zamon talablariga mos takomillashtirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda. // Tizim fidoyilari hurmat va ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi. // “Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi (https://president.uz/oz/lists/view/8785) / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18196)dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi (https://t.me/milliygvardiyauz_official/18185) / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan (https://telegra.ph/Qoraqalpog%CA%BBiston-Respublikasida-gvardiyachilari-tomonidan-qizil-kitobga-kiritilgan-o%CA%BBsimlikni-noqonuniy-ravishda-olib-ketayotgan-12-16), Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari (https://telegra.ph/Toshkent-shahrida-gvardiyachilar-tomonidan-sertifikatlanmagan-pirotexnika-buyumlari-olib-qoyildi-12-15) olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga (https://telegra.ph/Fargona-viloyatida-pirotexnika-buyumlarining-noqonuniy-muomalasiga-chek-qoyildi-12-15)chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Olmazor tumanidagi  “Yosh gvardiyachilar” bolalar va o‘smirlar sport maktabi yangidan taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 fevraldagi 50-son Qaroriga asosan,  Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi Milliy gvardiya tasarrufiga o‘tkazilib, uning negizida “Yosh gvardiyachilar” bolalar va o‘smirlar sport maktabi tashkil etildi.

Mazkur muassasada bir yil ichida sport seksiyalari soni 7 tadan 13 taga, olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar 3 tadan 6 taga, sport bo‘limlari soni 8 tadan 12 taga, umumiy guruhlar soni 30 tadan 51 taga oshirildi. 

Shuningdek, sportning “Voleybol”, “Kamondan otish”, “Qo‘l jangi” va “Slalomda eshkak eshish” turlari bo‘yicha yangi seksiyalar tashkil etildi. Ularda shug‘ullanuvchi yoshlar soni 210 nafardan 544 nafarga yetib, shundan 151 nafarini qizlar tashkil etadi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Milliy gvardiya Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan birinchi bosqichda  ushbu sport maktabining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi, qo‘shimcha sport maydonchalari qurilishi va taʼmirlanishi natijasida maktab imkoniyatlari yana-da oshdi. Endilikda mazkur sport majmuasida nafaqat sportchilar balki mahalla yoshlari ham sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun imkon yaratildi.

Muassasaning yangi taʼmirlangan sport maydonchalarining   foydalanishga topshirilishi munosabati bilan, zamonaviy ko‘rinishda qayta barpo etilgan stadionda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Yoshlar ishlari va sport vazirligi, Olmazor tumani hokimligi, tuman sektor rahbarlari va mahalliy kengash deputatlari, nuroniylar, mahalla yoshlari hamda 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida katta tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning sport bilan shug‘ullanishlari uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan isloxotlarni alohida eʼtirof etdilar. 

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan tez orada muassasada qayta qurish ishlarining ikkinchi bosqichiga start berilib, yopiq sport majmuasi va maktabning maʼmuriy binosini zamonaviy andozalar asosida taʼmirdan chiqarilishi alohida taʼkidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng, Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i bilan “Fidoyi xodim” ko‘krak nishoni, esdalik qo‘l soati hamda faxriy yorliqlar bilan bir guruh hamkor tashkilotlar vakillari, xizmat ko‘rsatgan ustoz-murabbiylar hamda sportchilar taqdirlandi.

Tadbirning badiiy qismida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazining xushovoz xonandalari va go‘zal raqqosalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tashkil etildi. 

Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan musiqa asarlari, O‘zbek jang sanʼati yoshlarining ko‘rgazmali chiqishlari o‘g‘il-qizlarda katta taassurot qoldirdi.

Konsert so‘ngida, barcha masʼul rahbarlar maktab hududida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi voleybol, basketbol maydonlari, uzunlikka sakrash, vorkaut mashg‘ulotlari uchun barpo etilgan maxsus joylar,  qayta taʼmirdan chiqqan futbol maydonlari, gimnastika, turon yakka kurashi, taekvando, unversal jang sanʼati kabi mashg‘ulot joylarini ko‘zdan kechirib, yosh sportchilar bilan suhbatlashdilar.

Text to speech