Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbarining " Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya tizimidagi "Faxriylar kengashi"ning ustuvor vazifalari belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasida videoselektor tarzida "Faxriylar kengashi" ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash, "Faxriylar kengashi" faoliyatini tubdan yangi bosqichga ko‘tarish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvda, Milliy gvardiya Qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov maʼruza qildi.

Faxriylarni ijtimoiy himoya qilish, ularga eʼtibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, boy hayotiy tajribasidan aholi ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida tajriba almashish orqali mamlakatimiz osoyishtaligi va tinchligini saqlash uchun zarur bo‘lgan amaliyotni joriy etish maqsadida, Milliy gvardiya tizimida ham 2021 yilda "Faxriylar kengashi" tuzilganligi maʼlumot o‘rnida aytib o‘tildi. Endilikda mazkur kengash faoliyatini har tomonlama rivojlantirish borasida qator chora-tadbirlar belgilanganligi qayd etildi.

Jumladan, Milliy gvardiya tarkibida Bosh mutaxassis - Faxriylar kengashi raisi va yetakchi mutaxassis - Faxriylar kengashi raisining o‘rinbosari lavozimlari joriy etilganligi taʼkidlandi. Shuningdek, yig‘ilishda faxriylar kengashining asosiy vazifalari, vakolatlari, funksiyalari, ishlash prinsiplari to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar berildi. Yakunda bu yo‘nalishda endilikda ishlarni jadallashtirish yuzasidan masʼul rahbarlarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Text to speech