Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi kuch tuzulmalari harbiy xizmatchi va xodimlari shuningdek,ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyasiga qaratilgan "Qonun ustuvorligi hamda inson manfaatlarini taʼminlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi" shiori ostida ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Yurtimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning dardlarini tinglash, muammolarni imkon darajasida joyida hal etish davlat organlarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi.

Shuningdek, xalq bilan muloqot qilish, yurtdoshlarimizni o‘ylantirayotgan, kezi kelganda qiynayotgan dardu muammolariga quloq tutish bugun davlat idoralari faoliyatining bosh mezoniga aylandi.

Shu bilan bir qatorda, Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatchilarning kafolatlangan ijtimoiy himoyasi, huquq va manfaatlarini so‘zsiz taʼminlashda "Inson qadri uchun" tamoyiliga izchil rioya etilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Qurolli Kuchlar barcha vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda 2023 yil 24 fevral kuni Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi binosida garnizondagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilari, ularning oila aʼzolari, harbiy pensionerlar va fuqarolar ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Jumladan, Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining o‘rinbosari adliya podpolkovnigi Q.A.Isroilov, Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Qarshiyev Hamdam Aliqulovich, Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexqonovich hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi rahbariyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi boshqa mutasaddi tashkilotlar, prokuratura, ichki ishlar, bank, maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash, bandlik boshqarmalari, kommunal soha va boshqa tashkilot masʼullari qatnashdi.

Ommaviy sayyor qabulga Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman (shahar)larida joylashgan harbiy qism va muassasalardan jami 350 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, faxriylar va boshqa fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolari bilan mutasaddilarga murojaat qildi.

Qabul jarayonida 154 nafar fuqarolardan 159 ta murojaatlar kelib tushib, shundan 61 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 38 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda 60 ta murojaat ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, ommaviy sayyor qabul davomida harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilarining nogironligi bo‘lgan farzandlari uchun nogiron aravachasi, yurish moslamalari berildi.

Bundan tashqari, qabulning ikkinchi qismida Nukus garnizonidagi harbiy qismga "Jasorat maktabi" o‘quv-yig‘iniga jalb qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman (shahar)larida yashovchi 100 nafar profilaktik hisobda turgan yoshlari bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Qurolli Kuchlar hamda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarimiz uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

Text to speech