Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

OT SPORTINING TO‘SIQLARDAN SAKRASH TURI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN MUSOBAQADA KUCHLILAR ANIQLANDI

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan "Universal Jumping Agro" Ot sporti klubida professional yoshlar o‘rtasida to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada ishtirokchilar uch yo‘nalishda:

balandligi 100 sm, 110sm hamda 120sm bo‘lgan to‘siqlardan sakrash bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.

Bellashuv qizg‘in va shiddatli lahzalarga boy bo‘ldi. To‘siqlardan sakrash jarayonida ishtirokchilar bor mahoratlarini namoyish etib, eng yuqori ko‘rsatgichlar sari intildilar.

Yigitlar bilan bir xil natijalarni ko‘rsatgan sportchi qizlar tomoshabinlarning hayrati va olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha mutlaq g‘oliblikni Ro‘zmuxamedov Bekzod hamda Sergey Antonovich qo‘lga kiritib, kubok,diplom, medal hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida joylashgan "O‘zbegim otlari ot zavodi"maydonida Ot poygasi va yoshlar uchun sport musobaqalari tashkil etildi.Musobaqalarda ishtirok etish uchun Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, muddatli harbiy xizmatchilar va hududiy chavandozlar maktabi o‘quvchilari taklif etildi. Sport tadbirini bayramona o‘tishida Jamoat xavfsizligi universiteti orkestr jamoasi o‘z hissasini qo‘shdi. Arqon tortish, shaxmat shashka, tennis, tosh ko‘tarish kabi bellashuvlar ham yoshlarda katta taassurot qoldirdi. JXU kursantlarining qo‘l jangi chiqishlari o‘quvchilarda harbiy vatanparvarlik ruhini oshirishga xizmat qildi. Ot poygalari ham murosasiz o‘tgaligi bilan esda qoladigan bo‘ldi.

Text to speech