Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Mintaqaviy oʻquv markazlarida navbatdagi bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi

Milliy gvardiya Toshkent shahar, Fargʻona va Jizzax viloyat mintaqaviy oʻquv markazlarida oʻquv yigʻinlarini muvaffaqiyatli tamomlagan "Qoʻriqlash" boʻlinmalarining safdor xodimlariga sertifikatlar topshirish marosimiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi. Belgilangan oʻquv kurslari davomida tinglovchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning jismoniy-jangovar qobiliyatini kuchaytirish, favqulodda holatlarda guruh boʻlib harakatlanish hamda jamoaviy ishlash prinsiplari, tezkor vaziyatlarda aniq, xatosiz qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini yanada kuchaytirish maqsadida psixologik treninglar tashkil etilib, ularning psixoemotsional holatlari mustahkamlandi.
Shuningdek, oʻquv jarayonlarida faollik koʻrsatib safdoshlariga oʻrnak boʻlgan bir guruh Vatan himoyachilariga oʻquv markazlarining faxriy yorliqlari topshirildi. Soʻzga chiqqanlar tinglovchilarni sertifikatlar qabul qilganliklari va oʻquv yigʻinini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan muborakbod etib, xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida olib borayotgan sharafli xizmat faoliyatlarida ulkan zafarlar tilashdi.

Text to speech