Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

"O‘zbekistonda oila va xotin-qizlarga psixologik xizmat ko‘rsatish holati va mavjud muammolar" mavzusida anjuman o‘tkazildi.

Mazkur anjumanda Bosh vazir o‘rinbosari-Oila va xotin qizlar  davlat qo‘mita raisi Zulayho Mahkamova, Respublika Bosh prokurori o‘rinbosari  Svetlana Ortiqova, Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Sarvar Mamayusupov, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Umida Abdullayeva, Xalq taʼlimi vazirining maslahatchisi, psixologiya fanlari doktori, professor G‘ayrat Shoumarov, O‘zbekiston xalqaro Islom Akademiyasi  bo‘limi boshlig‘i Zebo Kasimova va Bolalar psixologiyasi markazi rahbari Natalya Popova, poytaxtimizdagi mahalla raislarining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Milliy gvardiya psixologlari, Toshkent taʼlim muassasalari va O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasidan masʼul vakillar ishtirok etdi.

So‘z olgan masʼul rahbarlar o‘zlarining maʼruzalarida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida bir qancha samarali ishlar amalga oshirilayotganligi, lekin, oilalardagi notinchlik, zo‘ravonlik, tazyiq, oilaviy munosabatlar, farzandlar tarbiyasidagi ayrim kamchiliklar o‘rganilganda psixologlar ko‘magiga ehtiyoj borligi, kuzatuvlar davomida  psixologik ko‘makka muhtoj xotin-qizlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli psixologik vebinarlarda aytilayotgan fikrlar taʼsiriga tushib qolib, oila uchun salbiy taʼsir ko‘rsatayotganligi aytib o‘tildi.

Xotin-qizlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini olish, o‘z joniga qasd qilish holatlarini barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Milliy gvardiya vakillari tomonidan  nafaqat harbiy xizmatchi va xodimlar, balki aholi o‘rtasida ham xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribalar haqida so‘z yuritildi.

 

Konferensiya ishtirokchilari eʼtiboriga ko‘chma psixologik yordam ko‘rsatish markazi uchun jihozlangan avtobus taqdim etildi.

Anjuman davomida ishtirokchilar Oila va xotin-qizlar masalalari qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi vakillariga o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar  va  ular ham o‘z fikr hamda takliflarini bildirib, dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Konferensiya mobaynida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari mavzusida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirishda shu soha mutaxassislari uchun kelgusidagi faoliyatlarini belgilab olish imkoniyatini yaratish maqsadida Psixologlar kengashini tashkil etish, Aholining turli muammolarini o‘rganish, ularga bepul psixologik maslahat va ko‘mak berish maqsadida "Bepul psixologik maslahat bilan har bir uyga" shiori ostida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish takliflari ilgari surildi.

Soha mutasaddilari, hamkor vazirlik va idoralar vakillari tomonidan kelgusida oilalarga qanday qilib psixologik ko‘mak berish bo‘yicha berilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, konferensiyadan so‘ng, yaqinda Milliy gvardiya qoshida ochilgan Bolalar psixologiyasi markaziga ekskursiya tashkil qilindi.

 

Text to speech