Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SURXONDARYO VILOYATIDA MILLIY GVARDIYA HUZURIDAGI QORABAYIR OTLARI MAHORAT MAKTABINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI  

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 5 avgust kunidagi “Surxondaryo viloyatida Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori doirasida,  ushbu yo‘nalishdagi  ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha aniq va maqsadli vazifalar belgilab berilgan edi.

Milliy merosimizning ajralmas qismi bo‘lgan Qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish hamda yoshlarni ot sportiga keng jalb etish, mamlakatimizda ot sporti turlarini yana-da rivojlantirish borasidagi ishlar Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilib, bugungi kunda mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, Qorabayir otlari mahorat maktabining respublikamizda ilk marotaba Surxondaryo viloyatida ochilishi va qolgan viloyatlarga namuna sifatida o‘z faoliyatini boshlaganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilning 2 oktyabr kuni Qorabayir otlari mahorat maktabining tantanali ochilish marosimi, Milliy gvardiya qo‘mondonligi, hududiy boshqarmalari masʼul xodimlari, viloyat hokimligi va OAV vakillari ishtirokidagi video-selektor tarzidagi Matbuot anjumani o‘tkazilishi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng, tantani marosimga tashrif buyurgan mehmonlarga mazkur qaror talablari doirasida qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan ishlar, mahorat maktabi faoliyati va istiqbolli rejalari, ayni damda ushbu maktabning tarkibiy tuzilmasi shakllantirilib, 50 nafar xodim va murabbiylardan iborat mutaxassislar jalb etilganligi, shuningdek ushbu hududda kelajakda turizm infratuzilmalarini tashkil etilishi yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Mazkur  tumanda joylashgan Otchopar maydoni tarixi va bugungi kunda Qorabayir otlari mahorat maktabi sifatida yangi qiyofada o‘z faoliyatini boshlagan qariyb 65 ga yer maydoniga ega bo‘lgan ushbu muassasa to‘g‘risida to‘liq maʼlumotga ega bo‘lgan mehmonlar tantanali ravishda binoning ramziy ochilishida ishtirok etdilar.

Tadbirning ikkinchi qismi Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlari tomonidan ochib berilib, unda viloyat hokimligi, hamkor vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, 2000 ga yaqin mahalliy aholi hamda yoshlar tomoshabinligida, 400 nafarga yaqin vohalik chavandozlar va viloyat harbiy xizmatchilari ishtirokidagi milliy qadriyatlarimiz bo‘lgan “Ot poygasi”, “Ot ustida kurash” va “Uloq-ko‘pkari” kabi ot sportlariga start berildi.

Chavandozlarimiz tayyorgarlik ko‘rish mobaynida, viloyat Kamondan otish federatsiyasi sportchilari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan tashrif buyurgan yoshlarga ko‘rgazmali chiqishlar taqdim etildi.

Shundan so‘ng, qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lgan ot sporti musobaqalari bo‘lib o‘tib, unda milliy anʼanalarimizga xos halollik bilan erishilgan yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va faol chavandozlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Taʼkidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar, yurtimizda yoshlarning milliy qadriyatlarimizni chuqur o‘rganishlari orqali, vatanparvarlik ruhida o‘sib-ulg‘ayishiga xizmat qiladi.

Text to speech