Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

IQTIDORLI YoSHLAR ANIQLANMOQDA

Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida sportning boshqa turlari qatori «Street workout» bilan shug‘ullanuvchilarning ham safi kengayib bormoqda.

Shu bois Navoiy viloyatida Milliy gvardiya hamda Navoiy shahar jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamkorligida viloyat Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning “Street Workout” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqani tashkillashtirish davomida o‘quvchi yoshlardan tashqari hududdagi uyushmagan yoshlarning ishtirok etishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Ishtirokchi yoshlar tomonidan namoyish etilgan va bir-birini takrorlamaydigan statika, dinamika va texnika yo‘nalishlaridagi mashqlar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etgan yoshlar, tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech