Buxoro viloyatida Milliy gvardiya, Ichki ishlar hamda Bojxona hodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy pirotexnika vositalari muomalasiga chek qo‘yildi
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Isuzu” avtomobilidan 53,6 million so'mlik 14 400 dona perotexnika vositasi va 112 dona salyutlar aniqlandi.
Aniqlangan tovarlar vaqtinchalik saqlovga olinib, xozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.