Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchilari uchun "stressning oldini olish" mavzusida trening tashkil etildi
Milliy gvardiya Markaziy devonida ayol harbiy xizmatchi va ishchi xizmatchilar uchun zamonaviy ayolga uchun dolzarb bo‘lgan mavzu: stress va charchoqni qanday yengish va ularning salbiy oqibatlarini oldini olish bo‘yicha psixologik trening tashkil etildi.
Treningni Milliy gvardiyani psixologik qo‘llab quvvatlash markazining bosh psixolog-sotsiologi malakali mutaxassis Shirin Qurbonova olib bordi.
Trening ishtirokchilariga psixologiyada stress nimani anglatishini va nima uchun to‘plangan charchoq sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi haqida maʼlumot berildi. Mutaxassis uyqu muammolari, befarqlik va motivatsiyani yo‘qotish, umidsizlik va yolg‘izlik hissi, boshqalar bilan muloqot qilishda qiyinchilik kabi alomatlarga eʼtibor berishni tavsiya qildi.
Shundan so‘ng, psixolog mutaxassis jamoadagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan testlar va guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazib, stressni mustaqil ravishda yechish va emotsional holatni yaxshilash usullarini namoyish etdi.
Trening yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar va psixologga ayollar o‘zlari uchun zarur va foydali deb tan olgan mashg‘ulotlarni tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirishdi.