E'LON
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan tizimli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, universitetga biriktirilgan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, davlatchilik faoliyati va yuksak harbiy mahoratini chuqur о‘rganish hamda keng targ‘ib etish ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu munosabat bilan, sohadagi ilmiy izlanishlarni umumlashtirish va xalqaro tajriba almashish maqsadida “Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar davri harbiy san’ati strategiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya о‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu anjuman Boburiylar davri harbiy strategiyasini zamonaviy harbiy ilm-fan kontekstida tahlil qilish va yoshlarning ma’naviy-vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Konferensiya Jamoat xavfsizligi universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan bir qator xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 2026-yil 13-fevral kuni soat 15:00 da ONLINE va OFFLINE formatda bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyaning maqsadi – Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri harbiy san’ati, strategiya va taktika masalalarini ilmiy jihatdan o‘rganish, mazkur davr harbiy merosining jahon harbiy tarixi va davlatchilik taraqqiyotida tutgan o‘rnini ochib berish, tarixiy manbalar asosida ilmiy xulosalar ishlab chiqish hamda ushbu ilmiy merosni zamonaviy harbiy-ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga tatbiq etishdan iborat.
Xalqaro ilmiy anjumanda quyidagi sho‘balar faoliyat olib boradi
va maqolalar qabul qilinadi:
1. Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylarning harbiy-siyosiy faoliyati.
2. Boburning harbiy sarkardalik faoliyati, taktika va jang san’atining xalqaro doirada o‘rganilishi.
3. Boburiylar davlatchiligida harbiy sohaning o‘rni.
2. Bobur va boburiylar harbiy merosi va uning zamonaviy ilmiy talqini.
Konferensiya materiallarini rasmiylashtirish tartibi:
- taqdim etilayotgan ilmiy maqola A-4 formatda, matni MS Word tahririda Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda teriladi, 3-7 betgacha bo‘lgan hajmda (betlar to‘liq bo‘lishi lozim), 1,0 interval oraliqda, qog‘ozning chetlaridan 2,0 sm hoshiyalar qoldirilgan holda tayyorlanadi, betlarga raqam qo‘yilmaydi;
- birinchi qatorda maqolaning nomi sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflarda, ikkinchi qatorda muallifning ismi-sharifi va ish joyi ko‘rsatiladi, 3-qatordan matn yoziladi. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn [1, adabiyotning qaysi betidan olinganligi, masalan: 11-b.]. Asosiy matn.
- maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida tahrir qilingan holda qog‘oz va elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga 2026-yil 5-fevral kuniga qadar jo‘natilishi zarur.
Anjuman tahririyati talabiga javob beradigan ilmiy maqola va tezislarni bepul chop etish rejalashtirilgan. Mualliflarga to‘plamning elektron shakli (Pdf) tarqatiladi.
Manzil: 100109, Toshkent vil., Zangiota tumani, Chorsu qo‘rg‘oni 100 uy.
Tashkiliy qo‘mita: Jamoat xavfsizligi universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi
Elektron manzil: alfraganus@bk.ru.
Murojaat uchun telefonlar: +99899 6507436 (telegram); +99893 592 42 00.
Konferensiyaning onlayn ishtirok etish manzili: https://us06web.zoom.us/j/4871983452?pwd=7Q5Fmn57G6m5PUrfHVSm2kjrnw74hx.1&omn=81670512890
Konferensiya indikatori: 487 198 3452
Kirish kodi: 788026