Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Milliy gvardiyalari o‘rtasida do‘stona hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Saudiya Arabistoni Podshohligi Milliy gvardiyasi vazirligi Harbiy apparat boshlig‘i general-leytenant Solih bin Abdurahmon al-Harbiy boshchiligidagi  delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan   mehmonlar Markaziy devonda munosib kutib olindi. Mazkur uchrashuv o‘zaro hamkorlik va tajriba almashish borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Dastavval, delegatsiya a’zolari Milliy gvardiya tarixi muzeyiga tashrif buyurib, tizim tarixiga oid boy ma’lumotlar, eksponatlar va gvardiyaning shakllanish bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng, ikki tomon o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda sohadagi tarixiy va bugungi kundagi zamonaviy vazifalarning o‘xshashlik jihatlari muhokama qilinib, istiqbolli rejalar hamda hamkorlik mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vazifalar, har ikki davlatda tarixiy obidalarni ziyorat qilish va turizm sohasini rivojlantirishda xavfsizlikni ta’minlash borasida Milliy gvardiyaning muhim o‘rni va unda  innovatsion texnologiyalardan   jumladan dron va antidronlardan samarali foydalanish, maxsus bo‘linmalar o‘rtasida mashg‘ulotlar va treninglar tashkil etish hamda malakali kadrlarni tayyorlash borasida tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu uchrashuv kelgusidagi hamkorlik uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlanib, do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shundan so‘ng, delegatsiyasi a’zolari Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilib, o‘z burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan safdoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikka hurmat bajo keltirishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Situatsion markazi, Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Axborot xizmati, Bolalar psixologiyasi markazi   shuningdek, Milliy gvardiya maxsus bataloni hamda Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati bilan tanishishdi.

Ishchan va do‘stona muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan tashrif davomida o‘zaro manfaatli ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid   qator masalalar  belgilab olindi.

Tadbir davomida mehmonlar, poytaxtimizning faxri bo‘lgan Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lib, ajdodlarimizning boy tarixiy merosi bilan tanishgan bo‘lsalar, Islom sivilizatsiyasi markaziga tashriflari davomida Davlatimiz rahbari tomonidan ma’naviyat va ma’rifat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichidagi ulkan ishlardan katta taassurotga ega bo‘lishdi.

Text to speech