Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya tizimida "Eng yaxshi kitobxon" tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“Eng yaxshi kitobxon” tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk sarkardalar, allomalar, adib va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosi, harbiy sanʼati, madaniyati, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini o‘rganish, ularning noyob asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini kelgusi avlodga bezavol yetkazish, keng targ‘ib etish hamda harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yana-da ommalashtirish maqsadida, Milliy gvardiya tizimida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovi tashkil etilgan edi.

Kuni kecha mazkur tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy bosqichlardan yuqori natijaga erishib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan 19 nafar ishtirokchilar qatnashdi.

Ishtirokchilar “Biz buyuk sarkardalar avlodimiz”, “Jahon tamadduni va o‘zbek xalqi madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarimiz” hamda “Mustaqil vazifa” shartlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarni baholashda adolat mezoni asosida, ularning tayyorgarligi, bilimi, asarni ifodali va taʼsirli o‘qishi hamda kitobxonlik mahoratiga eʼtibor qaratildi.

G‘oliblar Adbulla Qodiriy memorial muzeyida tantanali ravishda Milliy gvardiyaning I, II va III darajali diplomlari hamda esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra ko‘rik tanlovda Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi kichik serjanti Botirov Muhriddin 3 o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Toshmurodov Axrorga nasib etdi. Faxrli 1-o‘rinni esa Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi kichik serjanti Ruzimatov Shoxrux qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga, ko‘rik tanlovning “Eng yaxshi kitobxon”, “Eng yosh kitobxon”, “Eng zukko kitobxon” hamda “Eng faol kitobxon” nominatsiyalari bo‘yicha ham sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Xulosa o‘rnida taʼkidlash joizki, mazkur tanlovlar harbiy xizmatchi va xodimlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni yana-da ommalashtirish, milliy adabiyotimizning durdona asarlarini yosh avlod o‘rtasida keng targ‘ib etishda munosib o‘rin tutadi.

Text to speech