Milliy gvardiya saflaridagi To‘maris izdoshlari dala o‘quv mashg‘ulotlarida bilim, ko'nikma va jangovar tayyorgarligini mustahkamlashmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan ayollarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish va ularning turli sohalardagi faolligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda va bunda gender tenglikni ta’minlash asosiy maqsad qilib olingan.
Bu borada Qurolli Kuchlar tizimida ham ayollarning ishtiroki yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, Milliy gvardiya bo‘linmalarida xizmat qilayotgan qizlar sonining so‘ngi yillarda o‘sib borayotganligi va erkaklar bilan bir safda turib yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtadigini ta’minlashdek mashaqqatli va sharafli vazifalarni ado etaytganliklari muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning uchun esa gvardiyachi qizlardan yuqori jangovar shaylik va jismoniy tayyorgarlik talab etiladi. Kuni kecha dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari esa fikrimiz dalilidir.
Mashg‘ulotlarda ayol harbiy xizmatchilar yigitlar bilan yelkadosh bo‘lib, barcha jarayonlarda faol ishtirok etgan holda o‘zlarining jismoniy va harbiy tayyorgarlik darajasini amalda namoyon etishdi. Ular taktik mashqlarni bajarish, o‘q otish, jangovar vaziyatda harakat qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi ko‘nikmalar bo‘yicha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishdi.
Bu kabi mashg‘ulotlar gvardiyachi qizlarning jasorati va mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.