O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o‘rtasida “Qo‘l jangi bo‘yicha” chempionat bo‘lib o‘tdi   //   Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasida ot sportining polo turi boʻyicha "Milliy gvardiya kubogi" musobaqasi boʻlib oʻtdi.   ///  Yongʻinlarni oldini olish boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazildi.   /// Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq holatlar fosh etilib, qonuniy tartibda choralar koʻrilmoqda.   /// Ma'naviyat va ma'rifat markazida "Qo'mondon o'rinbosarining tizimdagi yoshlar bilan" uchrashuvi   ///   Milliy gvardiya Qoraqolpog‘iston Respublikasi Kinologiya markazining ochilish marosimi hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mutaxassis Kinologlari o‘rtasida “Dog biotlon bellashuvi” musobaqasi jarayonlari / / Harbiy xizmatchilarga yangi uy - joylar topshirildi / / 9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni / /  Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati  / / Navoiy viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan sertifikatga ega bo‘lmagan pirotexnika vositalari aniqlandi / / O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tadbir tashkil etildi / /    O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qo‘l jangi federatsiyasi raisi - Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev tomonidan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon Kubogi” musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egallagan sportchilar va ularning murabbiylari munosib rag‘batlantirildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya jandarmeriyasiga tashrifi yakunlari to‘g‘risida // Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Jalgasbay Berdimuratov 87 kg vazn toifasida g‘olib bo‘ldi // 22 noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida psixologik taʼminlash faoliyati: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi // Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tgan Yangi nafas umummilliy harakati doirasida “Talaba yugur” ommaviy yugurish musobaqasi yoshlarni bir maqsad sari birlashtirdi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida ishtirok etdi / / Chet davlatlariga ketgan o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan on-layn konferens aloqa shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya tizimida kadrlar malakasini oshirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani / / O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Milliy gvardiya boshchiligida kuch tuzilmalari otliq bo‘linmalari ishtirokida "Otliq kavaleriya paradi" bo‘lib o‘tdi / / Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida / / 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / /O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Ўз O'z Ру En

Respublikamiz bo‘ylab Mehribonlik bolalar muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan ayrim masalalar va Milliy gvardiyaning ushbu yo‘nalishdagi “Call-center”telefon raqamlariga kelib tushayotgan takroriy savollar yuzasidan MAʼLUMOTLAR

Mehribonlik bolalar muassasalari faoliyati tugatilgan hududlardagi yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar

 Vazirlar Mahkamasining 2007 yildagi 158-son qaroriga muvofiq, hozirda (mazkur Qarorning bir qator talablari bolalarning bugungi kundagi manfaatlariga javob bermasligi o‘rganib chiqilib, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi uchun o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritilgan) tashkil etilishi ommalashayotgan Oilaviy bolalar
uylari – bu yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan  bolalar uchun davlat tarbiya muassasasi hisoblanadi.

Amalda, mehribonlik bolalar muassasalari faoliyati tugatilgan hududlarda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning hujjatlari tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shu’balari tomonidan rasmiylashtirilib, hokim qarorlari asosida bolalarni Oilaviy bolalar uylariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Oilaviy bolalar uylarining mehribonlik uylaridan farqi shundaki, bu yerda bolalarni ota-onalar o‘z xonadonlarida milliy qadriyatlarimiz negizi asosida tarbiyalaydi, mazkur oilalarga davlat tomonidan to‘liq moliyaviy ta’minot amalga oshiriladi.

Shuningdek, Oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga olingan bolalar mahalla hayotiga yaqindan jalb etiladi, undagi turli marosimlarda bevosita ishtirok etib, oilasidagi va mahallasidagi yoshi ulug‘ otaxon-onaxonlarning pand-nasixatlari va o‘gitlaridan bahramand bo‘lib,  bolalar u yerda ahloqiy, ma’naviy va jamoaviy tarbiya ko‘radi.

E’tiborga loyiq va afzal tomonlaridan biri sifatida shuni aytish lozimki, yopiq internatlardan ko‘ra, Oilaviy bolalar uylari bolalari voyaga yetgandan so‘ng ham, kelgusidagi shaxsiy va oilaviy hayotida hamda mehnat faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolar borasida tutingan ota-onalaridan, yaqinlaridan yordam so‘raydi,  maslahatlar oladi.

Shu bilan birga, o‘rtalaridagi oilaviy munosabatlar bardavom bo‘lib, oiladagi an’analar va urf-odatlarning davom etishiga zamin yaratiladi.

Hozirda, Vazirlar Mahkamasining 2007 yildagi 158-son Qarorining yangi loyihasi tayyorlangan bo‘lib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimiga (project.gov.uz) kiritilgan.

Loyiha zamon talablariga mos ravishda yaratilgan bo‘lib, oilaviy bolalar uylarini tashkil etilishining bosh maqsadi va vazifasi - yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oila muhitida hamda ota-ona mehri-g‘amxo‘rligida tarbiyalash, voyaga yetkazish  ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ayniqsa, har bir bolani milliy an’ana, urf-odatlar va insoniy fazilatlar negizida oilaviy qadriyatlar muhitida tarbiyalanishi orqali biz kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol inson bo‘lib yetishishlariga zamin yaratilgan bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda respublikamiz miqyosida 8 ta Mehribonlik uyi, 1 ta Bolalar shaharchasi, 11 ta Bolalar uylari (Chaqaloqlar uylari) hamda 3 ta “SOS – bolalar mahallalari” faoliyat yuritmoqda.

 

Joriy qilingan yangi tizim doirasida qisqa muddatda hamkor vazirliklar tomonidan amalga oshirilgan ishlar

 

Ikkinchi Jahon urushi davrida mamlakatimizga olib kelingan bolalar internatlarda emas, bag‘rikeng va sahovatpesha yurtdoshlarimiz tomonidan oilalariga olib ketilganligini alohida e’tirof etish lozim.

Bag‘rikeng xalqimiz, bolalar ortilgan vagonning o‘zidanoq quchoq ochib, bag‘riga bosgan holda o‘z oilalariga 10-15 nafar bolalarni tarbiyalash uchun olib ketgan.

O‘sha damda mehridaryo xalqimiz bolalarning hujjatlarini rasmiylashtirish yoki bola asrab olish uchun ro‘yxatga yozdirish kerak ekanligini o‘ylashmagan, ular ijtimoiy yoki moddiy ahvoliga qaramasdan xayrli ishga qo‘l urgan.

Ular nafaqat o‘z farzandlarini, shu bilan birga turli davlatlardan kelgan, hattoki, turli millat vakillarining farzandlarini – tili, dini, e’tiqodiga qaramasdan “komil inson” qilib tarbiyalashgan.

Ular orasidan chiqqan buyuk insonlar dunyo bo‘ylab tarqalgan bo‘lib, oradan necha o‘n yillar o‘tsa ham farzandlari va nevaralarigacha O‘zbek xalqidan minnatdorligini takror va takror izhor qilib kelishadi.

Xalqimizning bolajon xalq ekanligining isboti ham shundaki, so‘nggi yillarda qonunchilik hujjatlari bilan bola asrab olish tizimida tubdan islohotlar o‘tkazilib, imkoniyatlar yaratib berilganligi bois, qisqa muddat ichida oilalar tomonidan mehribonlik uylaridan bolalarni oilalariga tarbiyalash uchun olish ishlari jadallashdi.  

Bolalarning qisqa muddat ichida oilalarga taqsimlanish sabablarining biri sifatida shu’ni ta’kidlash joizki, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, 2021 yil avgust oyiga qadar, o‘z oilasiga bola olish istagida bo‘lgan ko‘plab fuqarolarimiz uchun, ayrim Mehribonlik uylari rahbariyati tomonidan eshiklar ochilmaganligi tufayli bu kabi halqimizga xos ezgu ishlarning amalga oshmay kelganligi kabi muammolar o‘z yechimini topdi.

Vaholanki, turli byurokratik to‘siqlar sababli, ota-ona bo‘lish istagida bo‘lgan minglab oilalarga bu imkoniyatlar berilmaganligi achinarli holdir.

Joriy qilingan yangi tizim doirasida Milliy gvardiya Markaziy devonida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari  bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadida (71) 236-52-08 va 236-52-09 telefon raqamlari orqali maslahat berish xizmati “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, shu kunga qadar 2717 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Mehribonlik.uz” sayti ishga tushirilib, sohada amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar muntazam ravishda to‘liq yoritib borilmoqda.

Natijada, mehribonlik bolalar muassasalaridan  bolalarni farzandlikka olish istagida bo‘lgan oilalar soni kundan-kunga oshib bormoqda.

Bundan tashqari, mehribonlik uylaridan bolalarni oila  tarbiyasiga olayotgan shaxslarning hujjatlari qonunchilikka muvofiq tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘‘balari tomonidan rasmiylashtirilmoqda.

Ular tomonidan ota-onaning oilaviy muhiti, sog‘lomligi holati va ijtimoiy ahvoli har tomonlama o‘rganilib, hujjatlari o‘rnatilgan tartibda tekshirilganidan so‘ng, bolalar oila tarbiyasiga berilmoqda.

Bolalarning kelgusi hayoti tegishli davlat organlari tomonidan nazorat qilib boriladi, ya’ni bolalarning oilada tarbiyalanishi, ularga o‘z vaqtida har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi hududdagi tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘‘balari tomonidan kuzatib boriladi.

Sog‘lomligi holati esa, hududiy oilaviy poliklinikalarning biriktirilgan shifokorlari tomonidan bolalarni himoya qilish sho‘‘balari bilan birgalikda nazorat qilib boriladi.

 

Yangi hayotga qadam qo‘yib, o‘z yaqinlari va oila sharoyitidagi muhitda tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarning kelajagi, shuningdek turli sabablarga ko‘ra ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning nazorati to‘g‘risida

 

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining muassasa hisobidan chiqarilishi, tegishli mutasaddi tashkilotlar nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2021 yilning 9 avgust kunidan 2022 yilning 20 yanvar kuniga qadar 1301 nafar bola Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Bolalar uylari va “SOS – bolalar mahallalari” hisobidan chiqarilgan bo‘lib, shundan:

124 nafari – bolalarning o‘z ota-onalari qaramog‘iga qaytarilgan;

139 nafari – bolalarning o‘z yaqin qarindoshlariga (amma, xola, tog‘a, amaki, buvi, buva) oila tarbiyasiga berilgan;

139 nafari – vasiylikka, homiylikka va oila tarbiyasiga (patronatga) berilgan;

640 nafari – tashkil etilgan 106 ta Oilaviy bolalar uylariga ota-ona qaramog‘iga berilgan;

188 nafari bo‘lsa,Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganligi va 49 nafari voyaga yetganligi uchun (18 yoshga to‘lganliklari) uy-joy bilan ta’minlanib mehribonlik uylarini tark etishgan;

22 nafari “Muruvvat uylari”ga ko‘chirilgan.

Keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tarbiyalanuvchilarning barchasi ham oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga berilmagan.

Shuningdek, hozirda faoliyat yuritayotgan 106 ta Oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan fuqarolarimiz turli kasb egalari bo‘lib, ular:

42 nafari mehribonlik uylarining tarbiyachilari;

20 nafari maktab o‘qituvchilari va direktorlari;

21 nafari ziyolilar, yirik tadbirkor va namunali uy bekalari;

23 nafari turmush o‘rtoqlari pedagog (psixolog) bo‘lgan hokimiyat va huquq-tartibot idoralari xizmatchilaridir. 

Alohida ta’kidlash joizki, yuqorida sanab o‘tilgan Oilaviy bolalar uylari ota-onalarini o‘z mahallasida inoq va ibratli oila sifatida ijobiy tavsiflanganligi, o‘z farzandlarini yaxshi tarbiyalab jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga muvaffaq bo‘lganligi, shuningdek bugungi kunda xonadonlarida keksa nuroniylari bo‘lgan oilarning bolajonlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishi hisobga olingan.

 

Respublikamiz bo‘ylab bag‘ri keng halqimiz tomonidan tashkil qilinayotgan Oilaviy bolalar uylari va eshiklari yopilgan Mehribonlik uylari  to‘g‘risida

 

Hozirda, mehribonlik muassasalarini qisqa muddatlarda tugatilishi qonunchilik hujjatlarining birortasida nazarda tutilmagan bo‘lib, bu jarayonlar yangi tizim asosida mas’ul davlat tashkilotlarining hamjihatligi bilan amalga oshirilmoqda.

Muassasalardagi tarbiyalanuvchilarning xohish va manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ularning oilada ota-ona mehri og‘ushida va e’tiborida tarbiyalanish orzusini ruyobga chiqarish maqsadida oila tarbiyasiga berilmoqda.

Eslatib o‘tamizki, tashkil etilayotgan Oilaviy bolalar uylari ham to‘liq davlat ta’minotidagi tarbiya muassasasi hisoblanadi.

Sohani o‘rganish davomida “ijtimoiy zaif, yordamga muhtoj va tushkunlikda bo‘lgan” oila farzand(lar)ini ularning yaqin qarindoshlarini topish va oila tarbiyasiga berish o‘rniga, internatlar tarbiyasiga topshirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu sababdan, birinchi navbatda ota-onasi va yaqin qarindoshlari bo‘lgan “ijtimoiy yetim” bolalarning yig‘ma jildlari o‘rganib chiqilib, ular yashil, sariq, qizil toifalarga ajratildi hamda bolani asrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan qarindoshlarining aniq manzillari orqali, ularning ijtimoiy ahvoli, ahloqiy-ruhiy holati va yashash sharoitlari mukammal o‘rganildi. Buning natijasida ko‘pchilik bolalarni o‘z oilalariga, yaqin qarindoshlariga oila tarbiyasiga qaytarish ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, farzandlikka olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil etish jarayoni soddalashtirildi.

Ya’ni, sohada keng ko‘lamli islohatlar o‘tkazilib, ilgari farzandlikka olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil etishga doir hujjatlarni rasmiylashtirish xalq ta’limi tizimidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshirib kelingan bo‘lsa, hozirda bu jarayonlarni hokimliklardagi Bolalarni himoya qilish shu’balari bajarmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, mehribonlik bolalar muassasalaridagi tarbiyalanuvchilarning 18 foizini “chin yetim”lar tashkil etgan. Qolgan “ijtimoiy yetim” bolalarning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bo‘lganligi bois, ularni o‘z ota-onalari hamda yaqin qarindoshlariga qaytarish, vasiylikka, homiylikka va oila tarbiyasiga (patronatga) berilishi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar sonining keskin kamayishga olib keldi.

 

 Oilaviy bolalar uyini tashkil qilayotgan fuqarolarimizga nisbatan bildirilayotgan fikrlar  

 

  Ijtimoiy tarmoqlarning birida Murod Nazarovning Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi borasida turli fikrlar bildirilgan. Ushbu fuqaroning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bergan ma’lumotlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u turmush o‘rtog‘i bilan 10 yildan buyon bolalarni asrab olish istagi bo‘lganligini ma’lum qilingan.

Shundan so‘ng, uning o‘z xohishi bilan mutasaddi tashkilotlarga qilgan murojaati ijobiy hal etilib, yetti nafar qiz va ikki nafar bolalarni vasiylikka olishi, uning azaliy orzusi amalga oshganligidan behad xursand ekanligini aytib o‘tgan.

        Eslatib o‘tamiz, agar Sizni, haqiqatdan bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar haqidagi ma’lumotlar qiziqtirsa, yuqorida ko‘rsatilgan  “Call-center” raqamlariga yoki 71-236-50-74 telefon raqamiga murojaat qilib, Milliy gvardiya Axborot xizmati boshlig‘idan kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.  

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni  o‘z oilasiga qabul qilish istagini bildirib murojaat qilayotgan Oilalar (mamlakatimiz fuqarolari) o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqiladi

Respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan mehribonlik bolalar muassasalaridan farzand asrab olish istagida bo‘lgan oilalarning soni 5 mingdan ziyod bo‘lib, ayni vaqtda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish va bolalarni oila tarbiyasiga olish istagida bo‘lganlar soni 2.700 dan ortiqni tashkil etmoqda.

Shundan, 1 nafar bolaga 10 nafar oila ya’ni farzand asrab olish istagida bo‘lgan ota-ona to‘g‘ri kelmoqda.

Ushbu ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, amalda majburlash holati emas, aksincha, oilalar tomonidan bola asrab olish ehtiyoji yuqori.

E’tirof etish joizki, bolalarni oilaga tarbiyaga berish jarayonida, murojaat qiluvchilar o‘rnatilgan tartibda har tomonlama tekshiruvdan o‘tkaziladi va bu ishlar doimiy nazoratga olingan.

Asosiy maqsad ham, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni duch kelgan oilalarga berish emas, aksincha, murojaat etuvchi oilalar orasidan bola tarbiyasida katta tajribaga ega bo‘lgan, bolalar uchun haqiqiy oila muhitini yaratishga bel bog‘lagan namunali oila vakillari tanlanmoqda.

 

Mehribonlik bolalar muassasalari va Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiy himoyasi 

 

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, bolani tarbiyaga olish istagida bo‘lgan ota-onaning har birining, shu o‘rinda yaqin qarindoshlariga doir hujjatlari davlat organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Ushbu hujjatlar qatoriga, er-xotinda tibbiy maslahat komissiyasining ularning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi xulosasi va asab-ruhiy kasalliklari, narkologiya muassasalari va teri-tanosil kasalliklari dispanseri tomonidan taqdim etilgan xulosalari ham kiradi.

Mazkur hujjatlar tegishli davlat organlari tomonidan dastlab, nomzodlar tekshiruvi tugagandan so‘ng, taqdim etilishini e’tiborga olish zarur.

Bundan tashqari, hujjatlarini rasmiylashtiruvchi tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shu’balari tomonidan er-xotinning bevosita o‘zlari va oila a’zolari bilan yakka tartibdagi suhbatlari tashkil etilib, ularning o‘z farzandlarining ham roziliklari olinadi.

Shu bilan birga, istiqomat qilinayotgan xonadonlarning sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi tekshirilib, dalolatnomalar tuziladi.

Mehribonlik uylaridan bolalarni oilalarga tarbiyaga olayotgan shaxslar o‘z xohish-istaklari bilan ularni o‘z qaramog‘iga olmoqda. Birorta davlat hokimiyati xizmatchisini majburlash holati mavjud emas.

Aksincha, davlat xizmatchilari mehribonlik muassasalaridan bolalarni o‘z tarbiyasiga olishni sharaf deb hisoblamoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2021 yil davomida mehribonlik bolalar muassasalaridagi barcha tarbiyalanuvchilar 100 foiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, barchasi alohida nazoratga olingan.

Shu o‘rinda, mehribonlik bolalar muassasalari bolalari hududiy oilaviy poliklinikalarga biriktirilib, bir yil davomida
2 marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, oilalarga tarbiyaga berilgan bolalar hududiy tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish sho‘‘balari mutaxassislari hamda biriktirilgan oilaviy poliklinikalar shifokorlari tomonidan birgalikdagi kuzatuvi  amalga oshiriladi.

 

Joriy qilingan yangi tizimga asosan, Mehribonlik bolalar muassasalarining Milliy gvardiyaga biriktirilishi ushbu tizimda xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchi hamda xodimlar uchun sharafdir va bu ularga katta mas’uliyat yuklaydi

 

Milliy gvardiyaga mehribonlik muassasalari biriktirilguniga qadar ham tarbiyalanuvchilar va mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan muntazam ravishda vatanparvarlik-sport hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar samarali tashkil etib kelingan.

Ayniqsa, tizimga mehribonlik muassasalarining biriktirilishi ular bilan yanada birgalikda faoliyat olib borilishiga hamda mas’ul davlat organlari bilan hamjihatlikda tarbiyalanuvchilarni oila tarbiyasiga berishga zamin yaratmoqda.

Muqaddam, mehribonlik bolalar muassasalarida salbiy holatlar kuzatilganligini ham inkor etib bo‘lmaydi, lekin, hozirgi vaqtda tarbiyalanuvchilarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, jismoniy sog‘lomlashtirilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Shu bilan birga, bolalarning muassasalarda bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazishlari uchun turli davlat tashkilotlari hamda soha faollari tomonidan muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar, shuningdek, sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.  Bu borada samarali natijalarga erishilmoqda.

 

Mehribonlik bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, mamlaktimizda amalga oshirilayotgan Yoshlar siyosatining mantiqiy davomi

 

Qonunchilikka asosan nafaqat mehribonlik bolalar muassasalari va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga imtiyozlar belgilangan, shu bilan bir qatorda farzandlikka, vasiylikka, xomiylikka, oila tarbiyasiga (patronatga) olingan bolalar uchun ham imtiyozlar belgilangan bo‘lib, ularning ijrosi nazoratga olingan.

Jumladan, uy-joy berish va kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga kirishlari uchun davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilgan.

Bolalarga belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari natijasida 2022 yilning 20 yanvar holatiga 675 nafar mehribonlik bolalar muassasalarining bitiruvchilariga hamda vasiylikka, homiylikka, oila tarbiyasi (patronat)ga olingan voyaga yetgan bolalarga turar-joylar berildi, 267 nafari 2021/2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi.

 

Text to speech