Shayxontohur tumanida aliment to‘lamaganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 4-iyun kuni soat 11.23 da IIBB Navbatchilik qismidan olingan xabarga ko‘ra, Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Qo‘riqlash” bo‘limi tezkor guruh xodimlari tomonidan 45 yoshli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida tug‘ilgan fuqaro M. U. qo‘lga olingan.
Maʼlumot uchun: ushbu fuqaroga nisbatan IIV tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan olib borilmoqda.