Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik Bahodir Tashmatov Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi va AQShning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondonlari bilan onlayn uchrashuvlar o‘tkazdi // Yoshlar oyligi doirasida Milliy gvardiya qo‘mondoni yoshlar bilan uchrashib, ularning kasbiy tayyorgarligi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi // Belarus Respublikasida o‘tkazilgan amaliy (taktik) o‘q otish bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi maxsus bo‘linmalari faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi // “Temurbeklar maktabi” va Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga diplom hamda ko‘krak nishonlari topshirildi // Botanika bog‘ida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi yugurish marafoni tashkil etildi. // "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi// Marafon hamda zotdor xizmat itlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. // “Dog biatloni” bellashuvining 6-respublika idoralararo musobaqasi g'oliblari aniqlandi. // O‘zbekistonning harbiy salohiyatini mustahkamlash: islohotlar va ustuvor vazifalar.// Milliy gvardiya qo‘mondoni Jamoat xavfsizligi universiteti bitiruvchi kursantlari bilan uchrashdi.// 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Milliy gvardiya qoʻmondonligi tomonidan poytaxtimizda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari holidan xabar olindi. // “Uyg‘oq xotira” nomli teatrlashtirilgan musiqiy konsert dasturi namoyish qilindi.// “Uch avlod uchrashuvi” hamda “Bizning qahramonlar” kitobining taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.// “Men G‘olib Run” yugurish musobaqasida gvardiyachilar faxrli o'rinlarni egallashdi.// Hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B. Tashmatov rahbarligida Yunusobod tumanida amalga oshirildi // Buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida Milliy gvardiya tizimidagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. // Bayram kunlarida xavfsizlik toʻliq taʼminlandi // Navroʻz shukuhi: otliq paradlar tashkil etildi // “Navroʻzni ulugʻlash – insonni ulugʻlashdir!” shiori ostida bayram sayli // Askarlar kasb-hunar sertifikatlariga ega boʻldi // Qahramonlar xotirasi yod etildi // Strandja turnirida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Navbahor Hamidova oltin medalni qoʻlga kiritdi. // Iroda Ismoilova «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlandi. // O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishlari rivojlantiriladi // Andijon viloyatida Respublika ishchi guruhining yoshlar bilan uchrashuvi tadbirlari doirasida muddatdi harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirildi. // Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov poytaxtimizdagi manzilli ishlari davomida yoshlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. // Farg‘ona viloyatida jinoyat sodir etishga moyil shaxslar yashash manzillarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. // “8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida faoliyat yuritib kyelayotgan ayollar uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi // Moliyaviy shaffoflik va korrupsiyadan xoli muhitni ta’minlash bo‘yicha o‘quv yig‘ini o‘tkazildi // Ajdodlar merosi – milliy gʻurur va vatanparvarlik manbai // General-polkovnik B.Tashmatov Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. //Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B.Tashmatov Sirdaryo va Jizzax viloyatida o'rganish ishlarini olib bordi // “Harbiy taʼlim tizimida ilm-fan va pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika harbiy ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. //Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov ilk manzilli ishlarini Yunusobod tumanida amalga oshirdi. // Samarqand va Buxoro viloyatalarida xavfsiz muhitni yaratish va jamoat xavfsizligini ishonchli taʼminlash boʻyicha manzilli ishlar amalga oshirildi. // Yoshlar siyosatiga oid ustuvor vazifalar doimiy e’tiborda. // Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi raisi etib saylandi. // Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining jangovar salohiyati, jismoniy va ma'naviy tayyorgarligini mustahkamlash hamda zamon talablariga mos takomillashtirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda. // Tizim fidoyilari hurmat va ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi. // “Kitobxon harbiy oilalar” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi / / Vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar / / Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / / “Jasorat” filmi premyerasi bo'lib o'tdi / / Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati Milliy gvardiyada bayramona tadbir o‘tkazildi / / Milliy gvardiya qo'mondonining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan gvardiyachilar xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan safdoshlari xotirasiga bagʻishlab Milliy gvardiya Markaziy devoni hududida bunyod etilgan yodgorlik majmuasi poyiga gul qoʻyishib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirishdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi / / Moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizmning yirik markaziga aylanib borayotgan Toshkent dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida yanada rivojlantiriladi / / Ma'naviy-ma'rifiy seminar-trening o‘tkazildi / / Qoraqalpogʻiston Respublikasida gvardiyachilar tomonidan, Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxs qo'lga olindi / / Toshkent shahrida gvardiyachilar tomonidan sertifikatlanmagan pirotexnika vositalari olib qo‘yildi / / Farg‘ona viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi / / Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Buyuk ajdolarimizning munosib vorislari, sohibqiron Amir Temur bobomizning jasorat va matonat ruhini o‘zida mujassam etgan, Yangi O‘zbekistonning tarraqqiyoti va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida bel bog‘lagan mard, jasur va fidoyi ofitserlarga oq yo‘l tilaymiz!

Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlashdek muqaddas burchni zimmasiga olayotgan yana bir guruh yosh ofitserlar sharafli xizmat yo‘liga kuzatildi.

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida bo‘lib o‘tgan tantanali bitiruv marosimi nafaqat yosh ofitserlar hayotidagi muhim voqea, balki mamlakatimiz harbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar asosida mamlakatimizda harbiy ta’lim tizimi tubdan takomillashtirilib, Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida xalqaro standartlarga javob beradigan, innovatsion ta’lim texnologiyalari joriy etilgan, ofitser kadrlarni tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi shakllantirildi. Zamonaviy o‘quv infratuzilmasi, raqamli texnologiyalar, interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy tayyorgarlik uchun yaratilgan keng imkoniyatlar kursantlarning intellektual salohiyati, jangovar mahorati, rahbarlik qobiliyati hamda Vatanga sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bugun ushbu dargohda ta’lim olgan yuzlab ofitserlar Milliy gvardiya, Qurolli Kuchlar, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa kuch tuzilmalari safida Vatan manfaatlari, xalq tinchligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida munosib xizmat qilib, o‘z bilim va salohiyatini amalda namoyon etmoqda.
Mazkur tantana ham ana shu ezgu maqsadlar va islohotlarning mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi. Universitet saf maydonida jam bo‘lgan yigit-qizlar buyuk davlatchilik an’analarining munosib vorislari, sohibqiron Amir Temur maktabining jasorat va matonat ruhini o‘zida mujassam etgan, Yangi O‘zbekistonning tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlashga bel bog‘lagan mard, jasur va fidoyi ofitserlar ekanini yana bir bor amalda namoyon etdilar.
Shu bois marosim Milliy gvardiyaning yuksak harbiy an’analari, milliy davlatchilik g‘oyalari, boy ma’naviy meros, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan holda, yuksak saviya va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirning dastlabki daqiqalaridanoq maydonni yuksak faxr va haybat muhiti qamrab oldi. “Temur tuzuklari”da mujassam bo‘lgan intizom, jasorat va sadoqat tamoyillariga hamohang tarzda 12 nafar bayroqdor O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, buyuk Temuriylar saltanati bayrog‘i hamda Milliy gvardiyaning sharaf, matonat va fidoyilik ramzi bo‘lgan jangovar bayrog‘ini maydon uzra baland g‘urur bilan olib o‘tishdi. Bu ta’sirli manzara ajdodlar merosi va Yangi O‘zbekiston harbiy qudratining uzviy davomiyligini ifoda etgan ramziy sahnaga aylandi.
Milliy gvardiya hamda mamlakatimiz kuch tuzilmalari saflariga qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarga dastlabki ofitserlik harbiy unvonini tantanali ravishda topshirish marosimida Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda davlat tashkilotlari rahbarlarining ishtirok etishi tadbirning yana bir muhim jihati bo‘ldi. Bu esa mamlakatimizda Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida barcha kuch va tuzilmalarning yagona maqsad, mushtarak g‘oya, mustahkam hamjihatlik va o‘zaro hamkorlik asosida faoliyat yuritayotganining yorqin ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi.

Mazkur bitiruv tadbirida Milliy gvardiya qo’mondoni general-polkovnik B.Tashmatov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi K. Burxanov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi J. Shirinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘ba mudiri M. Murodova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari O. Xasanov, Favqulodda vaziyatlar vaziri A. Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Bosh prokuror o‘rinbosari Q. Isroilov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari M. Xodjimatov, Harbiy sud raisi U. Djumayev, Mudofaa vaziri o‘rinbosari A. Norboyev, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari D. Sattorov, Toshkent harbiy sudi raisi J. Raxmonov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F. Nazarov, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘i o‘rinbosari A. Qodirov, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Tadjimetov, Prezident huzuridagi xavfsizlik kengashi sektor mudiri M.Ergashev , Bojxona instituti boshlig‘i o‘rinbosari U. Botirov, shuningdek, soha mutasaddilari, faxriylar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Marosimning ochilish qismida Milliy gvardiya qo‘mondoni bitiruvchilarni dastlabki ofitserlik harbiy unvoni bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan faxriy mehmonlar ham yosh ofitserlarga kelgusi sharafli xizmatlarida muvaffaqiyat, xalq ishonchi va Vatan ravnaqi yo‘lida yuksak zafarlar tiladilar. Tantananing eng hayajonli va unutilmas lahzalaridan biri diplom hamda ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘ldi. Bu nafaqat ta’lim jarayonining yakunlanishi, balki har bir yosh ofitser uchun Vatan taqdiri, xalq ishonchi va qasamyodi oldidagi yuksak mas’uliyatni zimmaga olishning ramziy daqiqalari sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.

Joriy yilda universitetning 10 ta harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 316 nafar kursant muvaffaqiyatli bitirdi. Ulardan 15 nafari imtiyozli diplomga sazovor bo‘ldi. Bu esa universitetda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, yuqori malakali professor-o‘qituvchilar mehnati va kursantlarning izchil intilishi samarasi sifatida e’tirof etildi.
Joriy yilgi bitiruvchilar Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimidagi boshqa vazirlik va idoralarda xizmat faoliyatini davom ettirib, yurtimiz tinchligi, jamoat xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida munosib xizmat qilishadi. Ular bugun olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy faoliyatda namoyon etib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishadi.
Bitiruvchilar safida To‘maris izdoshlari bo‘lgan o‘nlab qizlarning ham munosib o‘rin egallagani mamlakatimizda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini kengaytirish, ularning harbiy sohadagi salohiyatini yuksaltirish hamda gender tengligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasidir. Ular ham yuksak bilim, mustahkam iroda va Vatanga sadoqat bilan el-yurt xizmatiga shay ekanliklarini namoyon etdilar.
Marosim davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, harbiy orkestr milliy ohanglar bilan boyitilgan musiqiy dasturini taqdim etdi. Kursantlar hamda o‘zbek jang san’ati ustalarining mahorati, harbiy ko‘rgazmali chiqishlari tantanaga yanada fayz bag‘ishladi. Tadbirning eng mahobatli va tarixiy ruh bilan yo‘g‘rilgan sahnalaridan biri buyuk davlat arbobi va sohibqiron Amir Temur siymosining sahnalashtirilishi bo‘ldi. Sohibqironning sadoqatli sipohlari bilan otliq va piyoda saflarda maydonga kirib kelishi, uning Vatanga muhabbat, jasorat, adolat va davlatchilik g‘oyalarini tarannum etgan tarixiy murojaati barcha ishtirokchilar qalbida milliy g‘urur, iftixor va ajdodlar merosiga bo‘lgan yuksak ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Bu sahna asrlar davomida shakllangan milliy davlatchilik an’analari bilan Yangi O‘zbekistonning zamonaviy harbiy salohiyati o‘rtasidagi ma’naviy vorislikni yorqin ifoda etdi.
Tantana davomida Vatanni, milliy g‘urur, sadoqat va fidoyilikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar maydon uzra jarang sochdi. Har bir safda 12 nafardan joy olgan kursantlar hamda milliy liboslardagi san’atkorlarning uyg‘un, mahobatli va yuksak mahorat bilan ijro etgan chiqishlari harbiy intizom, milliy san’at va boy ma’naviy merosning betakror uyg‘unligini namoyon etdi. Har bir kuy, har bir qadam va har bir harakat mehmonlar qalbida Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat va milliy iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltirib, marosimga o‘ziga xos ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Marosim yakunida bitiruvchilarning ota-onalari va yaqinlari maydonga chiqib, o‘z farzandlarini bag‘riga bosgan holda ularni samimiy muborakbod etdilar. Bu lahzalar ko‘zlardagi quvonch yoshlari, yuraklardagi faxr va cheksiz iftixor tuyg‘ulari bilan yanada ta’sirchan tus oldi. Zero, bugun ofitserlik safiga qo‘shilgan yoshlar nafaqat ota-onalarining orzu-umidlarini, balki xalqimiz ishonchi va Vatan taqdirini ham o‘z yelkalariga olmoqda. Ular el-yurt tinchligi, mamlakatimiz xavfsizligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qilgan avlod sifatida yurtimiz kelajagining ishonchli tayanchi bo‘lib maydonga chiqmoqda.

Text to speech