Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. // Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasida oʻquvchi yoshlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. Tadbirning ikkinchi qismida umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi. // Oʻquvchilar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun bahslar sektorlar kesimda bosqimcha-bosqich davom etmoqda. // Yosh gvardiyachilar harbiy-vatanparvarlik sinfi ochildi // Chinoz tumani Avg'on mahallasida joylashgan 26-sonli umumta'lim maktabida Milliy gvardiya tashabbusi bilan Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab bo'limi va ichki ishlar bo'limi hamkorligida "Yosh gvardiyachilar" sinfi tashkil etildi. // Ozarbayjon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar qo‘mondoni general-leytenant Shahin Mamedovning O‘zbekistonga tashrif buyurdi // Togʻ bagʻrida dam oluvchilarning masʼuliyati // Oʻzbekiston chempionati musobaqasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda //Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida Milliy gvardiya, ichki ishlar hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi taʼminlanmoqda // Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan respublikamiz bo‘ylab tarbiyasi og‘ir va ko‘makka muxtoj yoshlar bilan, huquqni muxofaza qilish organlari hamda mahalla yettiligi hamkorligidagi manzilli ishlar amalga oshirilmoqda // Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan yurtimiz o‘g‘lonlari "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi //  “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish tadbirlari jadallik bilan davom ettirilmoqda // Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs, voqea joyida qo‘lga olindi // Namanganda harbiy xizmatchi va xodimlar, ularning oila aʼzolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi // «Temurbeklar maktabi»: mardlik va vatanparvarlik maskani // Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / Toshkentda Open FC 35 aralash yakkakurashlar boʻyicha katta turnir boʻlib oʻtdi, unda Milliy gvardiya xodimi Azamat Nuftillayev chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi / / "qalqon" jamoat guruhi ("qalqon") oʻz faoliyatini boshladi / / milliy gvardiya tizimidagi ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar oʻrtasida "Toʻmaris izdosh" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.) / / "Tarix mutaxassisi", "harbiy qoʻshiqning eng yaxshi ijrochisi"tanlovlarining respublika bosqichi yakunlandi, Harbiy xizmatchilar va Qurolli kuchlar xodimlari oʻrtasida" eng yaxshi yosh yozuvchi "va" eng yaxshi yosh shoir " / / "xalqlar doʻstligi" saroyida jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshma oʻquv-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi / / Nukusda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi / / “Xavfsiz mahalla-xavfsiz mamlakat!” profilaktik tadbirlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi Universitetida kursantlar qasamyod qabul qildi / / Milliy gvardiya tizimida ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi//Toshkent shahri va barcha viloyatlarda Milliy gvardiya va Huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda 

Ўз O'z Ру En

YОSHLAR SIYOSATIGA OID VAZIFALAR AMALDA

Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarini  amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning faol va jonkuyar ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda.

Xususan, Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, alohida sharoitlarda tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bo‘lgan yoshlar bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirildi.  

Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilarining bir guruxiga Sirdaryo tumanida joylashgan yoshlarni kasbga yo‘naltirish o‘quv markazi kurslarini tamomlaganliklari munosabati bilan  sertifikatlar topshirildi. 

 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq  davlatimiz rahbarining “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

 Mazkur Qarorga asosan Sirdaryo viloyati Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga va Toshkent viloyati, Chinoz tumanida joylashgan Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi  Ichki ishlar vazirligiga biriktirildi.

Ushbu o‘quv-tarbiya muassasalariga 2019 yildan boshlab ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovsiz qolgan,   shuningdek, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan o‘smir-yoshlar, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasiga asosan tegishli vazirlik va idoralar qarorlari (yo‘llanmalari) asosida qabul qilina boshlandi.

 Milliy gvardiyaga biriktirilgan Baxt shahridagi Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasidagi bolalarda mehnatsevarlik va komillikka intilish, jismonan yetuk, milliy anʼana va qadriyatlarimizga sadoqatli yoshlarni voyaga yetkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

Muassasa tashqi ko‘rinishi tubdan o‘zgardi, hududda landshaft dizayni ishlari olib borildi. O‘quv binosi, kutubxona va yotoqxona to‘liq taʼmirdan chiqazilib, zamon talablariga mos texnik vositalari, o‘quv moddiy bazalari, va mebel jixozlari bilan taʼminlandi. Sunʼiy qoplamali futbol maydoni va sport zal faoliyati yo‘lga qo‘yilib zaruriy sport anjomlari bilan boyitilib tarbiyalanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.

  Muassasa oshxonasi zamonaviy tus oldi, tarbiyalanuvchilarni ovqatlanishi Autsorsing tizimiga o‘tkazilib, kuniga 4 (to‘rt) marotaba kaloriyali ovqatlantirish tartibi yo‘lga qo‘yildi.

O‘quv-tarbiya muassasasidagi tarbiyalanuvchilarni qatʼiy tarzda har olti oyda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish va bemor tarbiyalanuvchilarni tibbiyot muassasalarida bepul davolash ishlari yo‘lga qo‘yildi. 

 Tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida besh tashabbus doirasida musiqa, kitobxonlik, rassomchilik, chilangarlik, haykaltaroshlik, duradgorlik, quyonchilik, parrandachilik, oshpazlik, harbiy tayyorgarlik va sport  kabi to‘garaklar tashkil etildi.

Muassasa tarbiyalanuvchilarini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning faol va jonkuyar ishtirokchisiga aylantirish maqsadida ular bilan birgalikda o‘qituvchilar, tarbiyachilar, tartibot nozirlari va muassasaning barcha xodimlari bilan davlatimiz rahbarining qarorlari (4342-sonli qarori) talablarini o‘rganish va hayotga tatbiq etish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.  

Mazkur Qarorning o‘z vaqtida qabul qilinganligi samarasida 2019 yilning ikkini yarim yilligida 33 nafar tarbiyalanuvchi qabul qilingan bo‘lsa,  shu muddat davomida 80 nafar tarbiyalanuvchi yaxshi xulq bilan ota-onasi bag‘riga qaytarildi, 2020 yilda esa bu ko‘rsatkich 106 nafarga yetdi. Oilasiga qaytarilgan tarbiyalanuvchilarni oila muhitiga ko‘nikishi,  maktab va mehribonlik uylariga joylashtirilishi bo‘yicha mahalliy hokimiyat vakillari bilan doimiy aloqalar o‘rnatilishi Milliy gvardiya qo‘mondonligi nazoratiga olindi. Shu bois, oilasi bag‘riga qaytarilgan tarbiyalanuvchilardan shikoyat va arizalar yoki yomon xulq bilan muassasaga qaytarilib olib kelingan o‘quvchilar hozircha kuzatilmadi.

      Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan  muassasa tarbilanuvchilarining nafaqat o‘quv-tarbiya jarayonida balki bitruvchilarning har biri respublika bo‘ylab nazoratga olinishi taʼminlanib Milliy gvardiyaning hududiy bo‘linmalaridan masʼullar biriktirildi va ular tomonidan muassasa raxbarlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatilib monitoring qilib borilishi taʼminlandi. 

Bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishi yoki ish bilan taʼminlanib, ularning xolidan xabar olib turilishi, qolaversa hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishiga ko‘mak berilishi joylardagi Milliy gvardiya mutasaddi raxbarlarining nazoratiga olinib masʼullardan qattiy talab qilinishi belgilab qo‘yildi.

2020 yilda ushbu muassasaning 2 nafar tarbiyalanuvchisi Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabiga” bir nafari Andijon davlat universitetiga yana bir nafari Toshkent axborot texnalogiyalari universitetiga o‘qishga qabul qilindi.(O‘zbekiston 24 lavhasi)

Hozirda bu kabi ishlar davom qildirilib tarbiyalanuvchilarni o‘rnatilgan tartibda ssilka ( Vazirlar mahkamasining 880-sonli qarori talablariga asosan)  9 va 11-sinfdan keyin o‘qishga kirishga ko‘maklashish va joylashtirish masalalari o‘rganib chiqilmoqda.  Bugungi kunda Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi “Temurbeklar maktablariga” IIV ga qarashli harbiy akademik litseyiga, o‘qishga kirish istagini bildirgan   tarbiyalanuvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi  yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, muassasa tarbiyalanuvchilari bilan mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davomida turli yo‘nalishlarda ularning qiziqishlari va iqtidori aniqlanib to‘g‘ri yo‘naltirishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yilning aprel oyida Sirdaryo tumanida joylashgan yoshlarni kasbga yo‘naltirish o‘quv markazida to‘liq kurslarni tamomlagan 18 nafar tarbiyalanuvchilarga sertifikatlar topshirildi. 

   Hukumatimiz tomonidan yosh avlod xususan, kam taʼminlangan oilalardagi yoki ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘smirlar muammolariga ko‘rsatayotgan eʼtibor, ularning o‘qishi uchun barcha sharoit yaratishga, mehnat faoliyatidagi istiqbollariga, shaxsiy rivojlanishiga yordam berib, ularning kelgusida mamlakatimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shishiga imkon yaratib bermoqda.

Text to speech