Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Doʻstona hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Milliy gvardiyaning Qozogʻiston tomoni bilan hamkorligi doirasida joriy yilning 2 fevral kuni Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosariMilliy gvardiya Bosh qoʻmondoni general-mayor Botakanov Yerkin Sovetbekovich boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga tashrifi boʻlib oʻtdi.
Tashrif dasturiga muvofiq general-mayor Y.Botakanov boshchiligidagi Qozogʻiston delegatsiyasi Milliy gvardiya markaziy devonida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan tantanali kutib olindi.
Milliy gvardiya boshqarmalari rahbarlari, shuningdek onlayn formatda qatnashgan hududiy boshqarma boshliqlari va harbiy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokidagi ikki tomonlama muzokaralar yakunida Oʻzbekiston va Qozogʻiston Milliy gvardiyalari oʻrtasida 2023 yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.
Tashrif davomida Qozogʻiston delegatsiyasi Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Bolalar psixologiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Ishchan va doʻstona muloqot ruhida oʻtgan tashrif davomida oʻzaro manfaatli ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

 

Milliy gvardiya
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech