Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Xalqaro hamkorlik

Bugun, 30 may kuni Milliy gvardiya Markaziy devonida qo‘mondon general-mayor R.Djurayevning Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi D.Xenik bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida qo‘mondon AQSHning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asosiy vazifa va funksiyalari bilan tanishtirdi.

O‘z navbatida, elchi D.Xenik ham ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda amerika tomon O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Missisipi Milliy gvardiyasi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, o‘zaro tashriflar, qo‘shma treninglar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishning ijobiy dinamikasi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, professional kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tadbir o‘zaro hurmat va ishonch ruhida bo‘lib o‘tdi.

Milliy gvardiya

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech