Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Von Do Yon bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 7 oktyabr kuni Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon bilan  Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Milliy gvardiya qo‘mondoni kirish so‘zida, janob Von Do Yon ga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangani bilan  samimiy tilaklarini bildirib, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirish yo‘lidagi masʼuliyatli ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.  

Ushrashuv davomida, davlatlarimiz o‘rtasidagi Mudofaa, Mudofaa sanoati, Xavfsizlik hamda Huquqni muhofaza qilish sohalarida keng qamrovli hamkorlik yulga qo‘yilgani alohida taʼkidlab o‘tildi.

Xususan, 2021 yilning 16-19 iyun kunlari Koreya milliy politsiya Agentligi Bosh komissari Kim Chang Yongning  O‘zbekistonga tashrifi davomida, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Koreya Milliy politsiya agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolanib qator kelishuvlarga erishilgani, bundan tashqari uch tomonlama muzokaralar o‘tkazilib, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Koreya milliy politsiya Agentligi o‘rtasida amaliy hamkorlik rejasi imzolagani taʼkidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Koreya Milliy politsiya Agentligi o‘rtasida jamoat tartibini taʼminlash, muhim obyektlarini qo‘riqlash, kiberxafvsizlik yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan masalalar muxokama qilinib, harbiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishda tajriba almashinuvi, o‘zaro tanishuv tashriflar, qo‘shma treninglar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishning ijobiy natijalari qayd etildi.

O‘z navbatida, elchi Von Do Yon O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Koreya tomoni bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Koreya milliy politsiya Agentligi bilan ikkitomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha bir qator  kelishuvlarga erishildi.

O‘zaro hurmat va ishonch ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida, Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi janob Von Do Yon faxriy mexmonlar kitobida o‘zining samimmiy tilaklarini yozib qoldirdi.

 

Text to speech