Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasiga tashrifi

Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli kuchlari Milliy gvardiyasi bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida general-mayor R. Djurayev boshchiligidagi delegatsiyaning Qirg‘iziston Respublikasiga javob tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif chog‘ida Qirg‘iziston Respublikasi QK Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni polkovnik T.T.Ergashov bilan uchrashuv bo‘lib unda tartibni saqlash va xavfsizlik borasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha savollar muhokama qilindi, shuningdek, 2023 yil uchun amaliy hamkorlik Rejasi imzolandi.

 Bundan tashqari, delegatsiya aʼzolari Qirg‘iziston Respublikasi QK Milliy gvardiyasi boshqarmalari vazifa va funksiyalari bilan ham yaqindan tanishdilar.

Tashrif yakunlariga ko‘ra oliy harbiy taʼlim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlash, hamkorlikda o‘quv, seminar va treninglar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrif o‘zaro hurmat va ishonch ruhida o‘tdi.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech