Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekistonga tashrifi davomida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor Jenson Boylzning joriy yilning 29 mart kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Deniyel Rozenblyum ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro faoliyatga oid masalalarni muhokama qilishdi. Xususan, general-mayor J.Boylz Milliy gvardiya vakillarining mamlakatdagi tabiiy ofatlar, shu jumladan Katrina to‘foni oqibatlarini bartaraf etishdagi ishtiroki to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish, murakkab sharoitlarda birinchi yordam ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish, amaliy seminar va mashg‘ulotlar o‘tkazishga kelishib olindi.

Tashrif doirasida AQSH delegatsiyasi Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti, Buxoro viloyati va Toshkent shahar Bektemir tumani Qo‘riqlash boshqarmalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Tashrif yuqori saviyada o‘zaro do‘stona ruhda amalga oshirildi.

 

 Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

 

 

Text to speech