Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BELARUS RESPUBLIKASI IIV BILAN HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

So‘ngi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mutlaqo yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.

Barcha sohalarda bo‘lgani kabi harbiy va huquqni muhofaza qilish sohalarida ham hamkorlik jadal rivojlanmoqda.

Belarus tomonining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Minsk shahriga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida har ikki tomon rahbarlari xavfsizlik va kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish muhimligini alohida taʼkidlab o‘tdilar.

Uchrashuv yakunida jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zaro tajriba almashish borasidagi amaliy chora-tadbirlarni 2022-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan hamkorlik rejasi imzolandi.

Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va “Belarus Respublikasi Harbiy akademiyasi” taʼlim muassasasining Ichki qo‘shinlar fakulteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Tashrif dasturiga muvofiq delegatsiya aʼzolari, Belarus Respublikasi IIV ichki qo‘shinlarining faoliyati, jamoat xavfsizligi va huquq-tartiboti, shuningdek, jangovar xizmat hamda moddiy-texnik bazasini taʼminlash bo‘linmalari faoliyati bilan tanishdilar.

Text to speech