Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

TURKIYA JANDARMERIYASI BILAN IKKI TOMONLAMA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

Joriy yilning 3 noyabr kuni Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi Bosh qo‘mondoni armiya generali Arif Chetin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Milliy gvardiya Markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev  ishtirokida mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga, tashrif rejasiga muvofiq Milliy gvardiya majlislar zalida ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag‘ishlagan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Turkiya delegatsiyasi aʼzolari, Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi ichki va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchilar, qo‘mondon o‘rinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi rahbarlari ishtirok etdilar.

Milliy gvardiyaning xududiy boshqarmalari hamda mintaqaviy o‘quv markazlari boshliqlari video-konferens-aloqa orqali qatnashdilar.

Ikki tomonlama muzokaralar davomida rahbarlar ikki qardosh mamlakat o‘rtasida do‘stlik aloqalari shiddat bilan rivojlanib borayotganligini alohida taʼkidlab, xavfsizlik sohasidagi idoralararo hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Suhbat yakunida tomonlar xavfsizlikni taʼminlash va harbiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga shuningdek o‘zaro tajriba almashinuv tashriflarini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Shundan so‘ng kun davomida delegatsiya aʼzolari Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, G‘alaba bog‘i shuningdek Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurishdi.

Tashrif anʼanaviy hamda do‘stona muhitda davom etmoqda.

 

 

 

Text to speech