Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI QO‘MONDONINING ROSGVARDIYA DIREKTORI BILAN VIDEOKONFERENSALOQA ORQALI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

O‘rnatilgan hamkorlik doirasida amaliy aloqalarning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida, joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni general-mayor R.M. Djurayev va Rossiya Federatsiyasi milliy gvardiya qo‘shinlari Federal xizmati Direktori - Rossiya Federatsiyasi milliy gvardiya qo‘shinlari bosh qo‘mondoni armiya generali V.V. Zolotov o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda idora boshliqlari jamoat xavfsizligi, qo‘riqlash faoliyati, harbiy kadrlar tayyorlash, kinologiya xizmati sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Muqaddam Rosgvardiyadagi hamkasblar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi G‘alaba bog‘ida joylashgan Shon-sharaf muzeyi Milliy gvardiya burchagini Ikkinchi Jahon urushi davridagi tarixiy materiallar bilan to‘ldirish masalasida muzokaralar o‘tkazilgan edi.

Suhbat davomida, armiya generali V.V. Zolotov 22 iyun - Ikkinchi Jahon urushi boshlanganining sakson yilligi kuni munosabati bilan Rosgvardiya Markaziy muzeyi fondidan 1941-1945 yillarda O‘zbekiston sobiq Sovet respublikalari hududida shakllantirilgan Sobiq Ittifoq “NKVD” qo‘shinlari va bo‘linmalari faoliyatiga bag‘ishlangan fotosuratlar, videofilmlar, tarixiy maʼlumotlar va harbiy insholarni Shon-sharaf muzeyining Milliy gvardiya burchagi uchun taqdim etganligini maʼlum qildi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida videokonferensaloqa yakunida yaqin kelajakda bir qator aksilterror mashg‘ulotlarini, tajriba almashinuv tashriflarini tashkil etish, shuningdek, hamkorlikdagi sport tadbirlarida harbiy xizmatchilarning ishtirokini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

 

 

Text to speech