Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HAR BIRIMIZ TABIATNI ASRASHGA HISSA QO‘SHAYLIK

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. 

Xususan, Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djuraev boshchiligida va mutasaddi rahbarlar ishtirokida Jamoat xavfsizligi universiteti hududida tashkil etilgan umumiy maydoni 2,3 gektar bog‘ga 5 ming tup, Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 20 gektar hududga 8,5 ming tup hamda Sirdaryo viloyatida joylashgan Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi hududiga 1,5 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

“Kuzgi daraxt ekish mavsumi” davomida Milliy gvardiyaga biriktirilgan hududlarda 120 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 90 mingga yaqini ekildi va ularni parvarish qilish ishlari olib borilmoqda.

Text to speech