Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Bolajonlarga olam-olam quvonch ulashildi

Yil so‘ngida an’anaga ko‘ra Respublika bo‘ylab ota-ona qarovsiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlarning bolalari uchun “Prezident archasi” tadbiri tashkil etib kelinmoqda. Xususan, kuni kecha Payariq tuman hokimligi tomonidan mehrga muhtoj bolajonlar uchun “Prezident archasi” bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Zafar Ergashev so‘zga chiqib, barchani kirib kelayotgan 2022 yil bilan tabrikladi hamda bolajonlarga “Prezident sovg‘a”larini topshirildi. Mazkur tadbirga ota-ona qarovsiz qolgan bolalar, tuman qo‘riqlash bo‘limida xizmat qilib, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari taklif etilib, bayram dasturxoni yozildi. Ular uchun tuman madaniyat bo‘limi tomonidan sahnalashtirilgan ertak tomoshasi namoyish etildi.

Text to speech