Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yoʻnalishida belgilab bergan muhim vazifalarining amaliy ijrosi taʼminlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri A. Ikramov, O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi raisi-Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev ishtirokida, Butunjahon Kamondan otish federatsiyasi bosh kotibi Tom Dielen va Koreya kamondan otish Assotsiatsiyasi  vitse-prezidenti Youngsool JANG lar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushrashuv oldidan O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri A.Ikramov mehmonlarning O‘zbekistonga tashrifini qutlab samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng ushbu uchrashuvning dolzarbligi ta’kidlanib, kamondan va parakamondan otish sporti haqiqiy tarixiy o‘zgarishlarga qadam qo‘yayotganligiga alohida urg‘u berildi.
Sport vaziri tomonidan mamlaktimizda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida barcha sport turlari yangi bosqichga olib chiqilayotganligi, mazkur yo‘nalishda belgilab berilgan muhim masalalar yuzasidan,  kamondan (parakamondan) otish sohasida ham Federatsiya raisi tomonidan Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlariga tayyorgarlikni samarali tashkil etish borasida xalqaro xamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
O‘zbekistonda kamondan va parakamondan otish sportining rivojlanishi,   Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanib keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, sportchilarni Olimpiya medallariga intilishlari esa  ishonchli strategiyaga aylanib ulgurgani va bu sport sohasidagi ishlarni yangi bosqichga  qadam qo‘yganligining mantiqiy natijasi ekanligi  ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, uchrashuv ochiq muloqot tarzida davom etib, Butunjahon Kamondan va parakamondan otish federatsiyalari va O‘zbekiston Federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, Koreya, Rossiya kabi rivojlangan mamlakatlarning mutaxassislari bilan malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, Butunjahon Kamondan otish federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan ilgor metodikalarni qo‘llash,  jismoniy va psixologik tayyorgarlikning zamonaviy usullaridan foydalanish, sport inventari va maydonlarning sifatini Olimpiada talablariga mos ravishda takomillashtirib borish  kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida mehmonlarning har biri, hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr yuritib,  yuqorida muxokama qilingan  hamkorlik masalalari va takliflar qo‘llab-quvvatlanishi aytib o‘tildi.
Mehmonlar tadbir yakunida O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab,  yaratib berilayotgan imkoniyatlar albatta o‘z samarasini berishiga va  2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida  barcha turdagi sportchilar tomonidan yuqori natijalar qo‘lga kiritilib O‘zbekistonni jaxon reytingidagi ko‘rsatkichlari o‘ntalikdan kam bo‘lmagan o‘rinlarda bo‘lishiga katta ishonch bildirdilar. 

Text to speech